Apple endi eng serdaromad kompaniya emas va yaqin orada bo‘la olmaydi ham!

  •   DiMaX
  •  1101
  •  02.04.2019 15:38

Apple endi eng serdaromad kompaniya emas va yaqin orada bo‘la olmaydi ham!

Kupertinolik korporatsiya uzoq vaqt dunyodagi eng daromadi katta kompaniya bo‘lib kelgan. Ammo vaziyat o‘zgarmoqda – Apple’ning o‘zida ham, butun dunyoda ham...

O‘QING: Tim Kukdan ham ikki baravar ko‘p maosh oluvchi xodim Apple’ni tashlab ketdi

Manbalarning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni milliy neft kompaniyasi – Saudi Aramco bu borada birinchilikni kupertinoliklardan tortib olgan.

O‘tgan yilda Apple kompaniyasining sof daromadi 60 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan bo‘lsa, Saudi Aramco deyarli ikki baravar – 111 milliard dollarlik ko‘rsatkichni qayd etgan! Yanayam qizig‘i – shu bir yil mobaynida neft gigantining sof daromadi naq 76 milliardga oshgan.

Yuqoridagi diagrammada ko‘rib turganingizdek, uchinchi o‘rindagi Alphabet kupertinoliklardan ikki karra kam daromad ko‘rmoqda. Demak, u hali-veri Apple’ni quvib yeta olmaydi, ammo Tim Kuk kompaniyasi yaqin orada birinchilikka chiqa olmaydi ham.

Masalaning yana bir jihati bor: Saudiya Arabistoni milliy neft kompaniyasini birjaga chiqarganidan keyingina Saudi Aramco ko‘rsatkichlari ommaviy ma’lum bo‘lgan. Ya’ni, u avval ham dunyodagi eng serdaromad kompaniya bo‘lsa-da, bundan faqat uning rahbarlarigina boxabar bo‘lishgan.

O‘QING: Apple eng innovatsion kompaniyalar reytingida 1-dan 17-o‘ringa tushib ketdi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!