Apple endi kelib-kelib Xiaomi’dan nusxa ola boshladi!

  •   DiMaX
  •  3372
  •  04.11.2019 07:59

Apple endi kelib-kelib Xiaomi’dan nusxa ola boshladi!

Kupertinolik korporatsiyaning gadjetlariga o‘xshash, lekin hamyonbop mahsulotlari tufayli Xiaomi kompaniyasini «Xitoycha Apple» deyishlaridan xabaringiz bor. Lekin endi teskarisi bo‘lyapti – amerikaliklar xitoyliklardan nusxa olishyapti!

O‘QING: Xiaomi’ni sudga berishdi – uni bir qator patentlarni buzishda ayblashmoqda

Apple’ning yangi patentiga qaraganda, u qayishqoq displeyli smartfon ustida ishlamoqda. Shuningdek, unda mazkur devays shaffof korpusga ega bo‘lishi ta’kidlangan. Ya’ni, yetakchi korporatsiya tayyorlayotgan iPhone korpusining atrofini ekrani o‘rab turadi.

Smartfonsozlikda ayni shunaqa form-faktor umuman yangilik emas – hali yaqindagina Xiaomi kompaniyasi namoyish etgan ishqilobiy Mi Mix Alpha smartfonining atrofini displeyi deyarli butunlay qoplagan. Biz uning qadog‘idan olib ishlatib ko‘rsatilgan birinchi rasmiy videosini e’lon qilganmiz. Hali rasman savdoga chiqmagan bo‘lsa-da, ushbu gadjetni naq 140 ming dollar narxida onlayn sotuvga qo‘yishgan.

O‘QING: Endi Apple’ning o‘zini o‘g‘irlikda ayblashmoqda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!