Apple endi «oq xakerlar» uchun maxsus iPhone taqdim etadi

  •   DiMaX
  •  686
  •  24.07.2020 13:44

Apple endi «oq xakerlar» uchun maxsus iPhone taqdim etadi

Kupertinolik kompaniya Security Research Device (SRD) nomli maxsus loyihani ishga tushirdi. Mazkur eksperimental loyiha doirasida Apple o‘z smartfonlarining «oq xakerlar»ga – axborot xavfsizligi tadqiqotchilariga mo‘ljallangan maxsus versiyalarini chiqaradi.

O‘QING: «Oq xakerlik»ni o‘rganish uchun 6 ta eng yaxshi resurs

Ayfonlarning SRD-versiyalarini axborot xavfsizligi mutaxassislari aniq maqsadlarda ishlatadilar. Ya’ni, mazkur iPhone’lar yordamida ular operatsion tizimdagi va elektron qismlardagi (masalan, protsessor mikrokodidagi) bag va zifliklarni aniqlaydilar.

Oddiy ayfonlarda foydalanuvchi kira olmaydigan parametrlar va funksiyalarga maxsus SRD-versiyalarida kirish mumkin bo‘ladi. Masalan, mutaxssislar ularda buyruq kodi yordamida tizim fayllariga root-huquq ola biladilar.

O‘QING: Xakerlikni boshlash uchun 5 ta kitob

SRD loyihasiga kiritilgan axborot xavfsizligi mutaxassislari ayfonlarda o‘zlari topgan barcha nuqsonlar haqida Apple’ga xabar berishlari shart qilib qo‘yilgan. Shuningdek, ular ushbu maxsus smartfonlarni ham, o‘zlari topgan baglarni ham boshqalarga taqdim etmasliklri lozim, hattoki mazkur loyihaning boshqa ishtirokchilariga ham.

Apple o‘z smartfonlarining xakercha versiyalarini juda kam sonda ishlab chiqaradi, loyiha ishtirokchilari esa Apple Developer Program’da ro‘yxatdan o‘tishlari hamda o‘zlarining bu boradagi tajribalarini btafsil bayon etib berishlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tmiz, SRD loyihasidan tashqari, kupertinolik korporatsiya yana Apple Security Bounty dasturini ham e’lon qilgan. Uning doirasida istagan kishi Apple servislari va qurilmalari himoyasida zaiflik topib, million dollargacha pul mukofotini olishi mumkin.

O‘QING: Qanday qilib Microsoft’dan 20 000 dollar undirish mumkin?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!