Apple eng kutilayotgan innovatsion devaysini umuman chiqarmaydigan bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1055
  •  12.07.2019 15:30

Apple eng kutilayotgan innovatsion devaysini umuman chiqarmaydigan bo‘ldi!

Kupertinolik korporatsiya to‘ldirilgan borliq hamda aralash reallik texnologiyalariga ega ko‘zoynak tayyorlayotgani haqida bulturdan beri xabarlar tarqalgan. Shuningdek, u raqobatchilarning ayni shu texnologiya bo‘yicha tayyorlayotgan devayslarini ham o‘rganayotgani ma’lum.

O‘QING: Apple nega o‘z mutaxassislarini CES 2019’ga «josus tarzida» jo‘natdi?

Mazkur innovatsion ko‘zoynak Apple Glasses (yoki Apple Glass) deb nomlanishi ham aytilgan. Avvalroq TFI tahlilchisi Ming-Chi Kuo, keyin esa Bloomberg va CNET singari yirik nashrlar ham ushbu gadjetning 2021 yilga tayyor bo‘lishi haqida yozishgan. Hattoki o‘z toifasida eng kuchli bo‘lishi kutilayotgan bu devaysning taxminiy narxi ham aytilgan – 1300 AQSh dollari!

Lekin DigiTimes nashrining xabar berishicha, Apple mazkur loyihasini to‘xtatib qo‘ygan. Kupertinoliklar hech qachon Apple Glasses «aqlli» ko‘zoynagini taqdim etishmaydi, deyiladi xabarda. Apple nega bu qarorga kelganiga ham, umuman mazkur ma’lumot qaysi manbadan olinganiga ham DigiTimes aniqlik kiritmagan.

O‘QING: Tayvanda aqlli ko‘zoynaklar ishlab chiqarish qayta yo‘lga qo‘yildi. Google esa bunga befarq emas

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!