Apple eplay olmagan ishni Xiaomi qoyillatdi!

  •   DiMaX
  •  1043
  •  12.05.2021 10:06

Apple eplay olmagan ishni Xiaomi qoyillatdi!

Joriy yilning mart oyida Xiaomi kompaniyasi bir vaqtning o‘zida bir nechta gadjetga simsiz usulda quvvat beruvchi zaryadlash stansiyasining anonsini bergan edi. Xiaomi Multi-Coil Wireless Charging nomli ushbu qurilma kecha – 11 may kuni sotuvga chiqarildi.

O‘QING: 200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Ushbu yangi simsiz quvvatlash stansiyasi bir vaqtning o‘zida uchta devaysni quvvatlashga imkon beruvchi 19 ta katushkaga ega. Bunda quvvat olayotgan har bir gadjetga uzatiluvchi quvvat 20 vattgacha bo‘ladi. Bunday konstruksiyasi evaziga zaryadlanuvchi qurilmani Xiaomi Multi-Coil Wireless Charging quvvatlash maydonchasining istalgan joyiga qo‘yish mumkin.

Ushbu innovatsion quvvatlagich kupertinolik korporatsiya bir necha yildan beri taqdim eta olmayotgan Apple AirPower qurilmasini eslatadi. Apple uni ilk bor 2017 yili e’lon qilgan, keyinroq avstraliyaliklar uni «sotib qo‘yishgan» edi. Ammo oxir-oqibatda korporatsiya mazkur mahsulotini chiqarmasligini rasman ma’lum qilgandi. Shunday bo‘lsa-da, bahorda Apple uni devaysini «qabrdan qaytarayotgani» ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Apple sir tutayotgan innovatsion gadjetni «jonli» videoda ko‘ramiz!

Yangi quvvatlagich Qi simsiz zaryadlash standartini qo‘llaydi, shuning uchun uning yordamida simsiz quvvatlana oluvchi har qanday gadjetni quvvatlash mumkin. Xiaomi Multi-Coil Wireless Charging zaryadchigini taqdim etayotib, xitoylik kompaniya unda Apple iPhone quvvatlanayotganini ham ko‘rsatgan edi.

Xiaomi Multi-Coil Wireless Charging korpusining o‘lchamlari 232,4x100x15,1 millimetrni tashkil etadi, uning jamlanmasiga 120 vattlik quvvatlash blogi ham kiritilgan. Zaryadchik tokning kuchayib ketishidan, qizib ketishdan, kuchlanish oshib va pasayib ketishidan himoyalangan.

Xiaomi Multi-Coil Wireless Charging mahalliy bozorda 93 dollarga teng narxda sotilmoqda, GizTop do‘koni esa xalqaro eltib berish xizmati bilan uni 129 dollarga taklif etyapti.

O‘QING: 120 vatt nima bo‘pti – naq 200 vattlik tezkor zaryadlanuvchi smartfon chiqyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.