Apple eski modeldagi iPhone'larni atayin sekinlashtirganlikda ayblanmoqda

Apple eski modeldagi iPhone'larni atayin sekinlashtirganlikda ayblanmoqda

2017-yilda Apple kompaniyasi sha'niga katta dog' tushdi. O'shanda kompaniya o'z iPhone smartfonlarini ishlashini ataylab sekinlashtirishganlikda ayblangan edi. Bunda iPhone 6, 6 Plus, 6S, 6S Plus, SE, 7, 7 Plus, 8, 8 Plus va iPhone X jabr ko'rganligi ma'lum qilingan.

Kupertinolik kompaniya mobil qurilmaning ishlashiga ta'sir qiladigan vositasini o'sha yilning yanvar oyida proshivka yangilanishlari bilan chiqargan va u telefon batareyasi uzoqqa yetishi uchun xizmat qilishi bilan dasturlarning ishlashiga xalaqit qilgan. Afsuski, Apple bu haqida foydalanuvchilarni ogohlantirmagan va shuning uchun u jurnalistlar va foydalanuvchilar tomonidan uzur so'rashga majbur qilingan. O'sha payt kompaniya o'z aybini tan olgan va u buni faqat iste'molchilar manfaati uchun qilganligini aytgan edi.

Bugunga kelib esa, Jastin Gutmann, iste'molchilarni himoya qilish guruhi rahbari ishni sudga topshirish uchun qayta ko'tardi, deya xabar bermoqda The Guardian nashri. Agar u sudda yutib chiqadigan bo'lsa, texno-gigant kompaniya 750 million pound yoxud 900 million dollardan ortiq jarimani 25 million sekinlashib qolgan iPhone egalariga tarqatishi kerak bo'ladi.

"O'z mijozlariga qonuniy va sharafli ravishda bepul alishtirish, ta'mirlash xizmati yoki kompensatsiya taklif qilish o'rniga, Apple dasturiy ta'minot yangilanishlarida qurilmani 58 foizgacha sekinlashtirgan vositani yashirib, odamlarni chalg'itdi", deydi Gutmann.

“Men bu ishni Buyuk Britaniya boʻylab millionlab iPhone foydalanuvchilari Apple'ning xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zararni qoplashlari uchun ishga tushiryapman. Agar bu ish muvaffaqiyatli yakunlansa, umid qilamanki, boshqa kompaniyalar o'zlarining biznes modellarini qayta ko'rib chiqadilar va bunday harakatlardan saqlanadilar."

O'QING: Samsung va Apple'ning bestseller smartsoatlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!