Apple yetarlicha iPhone sotolmagani uchun Samsung’ga yuz milliard jarima to‘lashi kerak... Qanaqasiga!?

  •   DiMaX
  •  2504
  •  27.06.2019 17:42

Apple yetarlicha iPhone sotolmagani uchun Samsung’ga yuz milliard jarima to‘lashi kerak... Qanaqasiga!?

Samsung kompaniyasi Apple korporatsiyasidan yuz milliard von miqdorida jarima talab qilmoqda. Bunga esa kupertinoliklar yetarlicha miqdorda iPhone sota olmaganliklari sabab bo‘lyapti.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Qualcomm ustidan bo‘layotgan sudda Apple jarimaga tortildi!

Gap shundaki, Apple o‘z smartfonlari uchun ma’lum miqdordagi OLED-displeylarni xarid qilish bo‘yicha Samsung bilan shartnoma tuzgan edi. Shunga asosan, 2018 yili janubiy koreyaliklar unga 200 millionta displey sotishlari kerak edi. Biroq iPhone X (sotib olish) savdolari yaxshi bo‘lmagani uchun, kupertinoliklar shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda ekran xarid qilishmagan.

Endi esa Samsung o‘sha shartnoma talablari bajarilmaganligini aytib, Apple’dan jarima undirish payiga tushgan. Kupertinoliklar bo‘lsa to‘lovni naqd bermasdan, o‘rniga o‘zlarining boshqa qurilmalari uchun OLED-ekranlar buyurtma qilish bilan qutulmoqchi bo‘lib turishibdi.

Tomonlar hozircha bu borada aniq kelishuvga erishganlari yo‘q.

O‘QING: Apple aqldan ozdi - endi “Oskar”ni ham olmoqchi!