Apple’ga ikkinchi zarba: yana bir mamlakatda iPhone savdosi taqiqlandi!

  •   DiMaX
  •  1608
  •  21.12.2018 10:34

Apple’ga ikkinchi zarba: yana bir mamlakatda iPhone savdosi taqiqlandi!

Qualcomm hamda Apple orasidagi patent borasida boshlangan mojarolar hali-beri to‘xtamaydigan ko‘rinadi. Xabaringiz bor, chipsoz kompaniya yaqinda «Osmon osti saltanati»da ayrim ayfonlar sotilishini to‘xtatishga erishgandi.

O‘QING: Xitoyda iPhone sotilmaydigan bo‘ldi – Qualcomm bunga erishdi!

Endi esa Germaniyadagi sud ham shunga o‘xshash qaror chiqardi. Xabarlarga ko‘ra, sud bu mamlakatda bir qator Apple smartfonlarining savdosini taqiqlagan, ammo aynan qaysi modellari ekanligi aniq aytilmayapti.

Shunisi ham borki, Xitoydagidan farqli ravishda, bu yerda patentning buzilishi iPhone’larning aynan apparat qismiga tegishli. Ya’ni, kupertinolik gigant bu gal shunchaki iOS tizimini yangilash bilangina qutulib keta olmaydi.

To‘g‘ri, Apple darhol apellyasiya arizasi berishini ma’lum qilgan, ya’ni, hali sudning qarori tezda amalga kiritilmaydi. Ammo yakuniy qaror e’lon qilinguniga qadar Germaniyadagi do‘konlarida iPhone 7 va iPhone 8 modellarini sotmay turishini ham aytgan. Aftidan, taqiq aynan mana shu ikki rusumdagi ayfonga tegishli. Lekin xaridorlar uchun bu smartfonlarni Apple do‘konlaridan emas, balki hamkorlaridan xarid qilish imkoni saqlanib qolaveradi.

O‘QING: Qualcomm’ning «ishtahasi ochildi» – u endi iPhone XS, XS Max va iPhone XR savdosini ham to‘xtatmoqchi!