Apple gadjetining «kushanda»si taqdimotidan avval Huawei uning ilovasini tarqatmoqda!

  •   DiMaX
  •  1006
  •  03.12.2018 11:30

Apple gadjetining «kushanda»si taqdimotidan avval Huawei uning ilovasini tarqatmoqda!

Huawei Mate 20 turkumidagi smartfonlar namoyishidan avvalroq internetda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, kompaniya haqiqiy simsiz quloqchinning ikkinchi avlodini ham tayyorlagan. Biroq FreeBuds 2 Pro nomli bu devays telefonlar bilan birga ham, umuman hozirgacha ham taqdim etilgani yo‘q.

O‘QING: Apple’dan avval: Huawei simsiz quvvat oladigan quloqchin chiqarmoqda

Endi esa Huawei kompaniyasining ilovalar do‘koniga allaqachon rasmiy FreeBuds ilovasi joylab qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Hajmi 21,3 megabaytni tashkil etuvchi ushbu dastur bu katalogga sentyabrdayoq yuklangan bo‘lib, hozirgacha o‘n mingtacha foydalanuvchi uni o‘rnatib ham olgan. Shunga qaraganda, Huawei FreeBuds 2 quloqchinining taqdimoti ham yaqin.

Xitoylik texnogigantning slayder flagmani bilan birga taqdim etilgan Honor FlyPods quloqchinidagi singari, Huawei FreeBuds 2 modelida ham Pro-versiyadan tashqari, oddiy variantiyam bo‘lishi kutilmoqda. Ular funksiyalarga boyligi jihatidan o‘zaro farqlansa-da, har ikkala versiyasi simsiz quvvatlana oladi.

Apple AirPods devaysining «kushanda»si bo‘lishi kutilayotgan FreeBuds 2 simsiz quloqchinlarini Huawei qachon rasman namoyish etishi hozirgacha noma’lum. Ehtimol, mazkur aksessuar kelasi yil boshida, Huawei P30 smartfoni bilan birga taqdim etilar.

Darvoqe, turli kompaniyalarning ayrim rusumlardagi simli va simsiz quloqchinlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 132 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Bryus Li rasman xabar qildi: Huawei kompaniyasi Android o‘rniga Kirin OS’ni tayyorlayapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!