Apple Galaxy S22 uchun raqobatchi tayyorlamoqda

Apple Galaxy S22 uchun raqobatchi tayyorlamoqda

Shu yilning kuz faslida taqdim qilinishi kutilayotgan iPhone 14 Pro smartfoni 8GB tezkor operativ xotiraga ega bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Koreyaning Naver blogidagi "yeux1122" akkaunti bergan ma’lumotlarga tayanib MacRumors xabar bermoqda. 

"Aytilishicha, joriy yilda chiqariladigan iPhone 14 Pro'ga o‘rnatilgan operativ xotira hajmi 8GB bo‘ladi. Tegishli kompaniyalar bilan yetkazib berish bilan bog‘liq qismlar allaqachon tasdiqlangan va ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirish tezroq bo‘ladiganga o‘xshaydi." deyiladi xabarda. 

O‘tgan yilning dekabrida ham iPhone 14 seriyasidagi smartfonlarning Pro va Pro Max modellari 8GB RAM'ga ega bo‘lishi ishonchli tahlilchi Jeff Pu tomonidan tahmin qilinayotgan edi. 

Apple odatda o‘z smartfonlari qancha operativ xotiraga ega bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar ochiqlamaydi, lekin kompaniyaning so‘nggi iPhone 13 modeli 4GB, iPhone 13 Pro modellari esa 6GB operativ xotiraga ega. Samsung'ning yaqinda taqdim qilgan Galaxy S22 smartfonlari esa 8GB tezkor operativ xotira bilan chiqarilgan. 

O‘QING: iPhone 6 Plus'ning davri o‘tdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!