Apple, Google hamda Amazon bahsi: kimning ovozli yordamchisi eng aqlli?

  •   DiMaX
  •  564
  •  04.05.2021 17:42

Apple, Google hamda Amazon bahsi: kimning ovozli yordamchisi eng aqlli?

Bespoken kompaniyasi mustaqil tadqiqot o‘tkazib, Apple, Google hamda Amazon kompaniyalari o‘z gadjetlari uchun chiqargan ovozli yordamchilarning funksionalligini o‘zaro taqqoslab ko‘rdi. Raqiblarning kuchlari teng kelmadi – g‘olib boshqa brendlarning vakillaridan katta farq bilan o‘zib ketdi.

O‘QING: Shazam’ning keragi yo‘q: Google Assistant endi xirgoyi va hatto hushtak bo‘yicha ham qo‘shiqni topib beradi!

Tajriba uchun ekspertlar inson nutqiga taqlid qiluvchi va ovozli yordamchilarning javoblarini baholovchi test robotidan foydalanishgan. Savollar ikki xil – sodda va murakkab bo‘lib, aqlli yordamchilarning bilimdonlik darajasi ham ikki xil natijalarda aks ettirildi.

Ayrim savollar raqamli yordamchilarni chalg‘itishga mo‘ljallangan edi, chunki ularning shunchaki javobi yo‘q. Masalan, «Marsga qo‘ngan birinchi inson kim edi?» singari.

Testlar natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Google Assistant oldi – u sodda savollarning 76,57 foiziga va murakkab savollarning 70,18 foiziga to‘g‘ri javob berdi. Amazon Alexa ko‘rsatkichlari kamtarroq: sodda savollarga u 56,28%, murakkablariga esa 55,05% to‘g‘ri javob bergan. Sun’iy ongli ovozli yordamchilar orasida eng «aqlsiz»i esa Apple Siri bo‘lib chiqdi – tegishlicha 47,29% va 41,32% ko‘rsatkich.

Tajriba natijalarini e’lon qilishar ekan, mutaxassislar bir qiziq faktni ham e’lon qilishgan. Aniqlanishicha, Siri haqidagi savollarga Google Assistant ancha yaxshi javoblar bergan; Apple ovozli yordamchisi esa bu raqibi to‘g‘risida ko‘p narsa bilmas ekan.

Darvoqe, 2018 yili Apple ovozli yordamchisi o‘sha paytdagi AQSh prezidenti Donald Trampni butun dunyoga sharmanda qilgan edi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: «Alisa»ga 22 million martadan oshiq sevgi izhor qilishibdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.