Apple ham atigi 200 dollarlik, tag‘in A13 protsessorli iPhone tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  1808
  •  13.07.2020 12:19

Apple ham atigi 200 dollarlik, tag‘in A13 protsessorli iPhone tayyorlayapti!

Hozirda kupertinoliklarning eng arzon smartfoni iPhone SE 2020 (yoki iPhone SE 2) modeli bo‘ladi. Lekin boshqa kompaniyalar uning narxida yoki undan ham arzon smartfonlar tayyorlab, raqobatni kuchaytirishmoqda.

O‘QING: Apple – AQSh g‘ururi, lekin reytingda kuchli uchlikni boshqa kompaniya smartfonlari band etdi!

Dam olish kunlari internetda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Apple endi undan ham arzon ayfon ustida ishlamoqda. Insayderlar uning 200–300 dollarga narxlanishini aytishmoqda. Agar shu narx atrofida chiqsa, bu iPhone o‘z toifasidagi barcha Android-smartfonlarni mahv etadi!

Dastlab bu smartfonning eskiroq biror protsessori bazasida tayyorlanishi taxmin qilinayotgan edi. Lekin insyderlar berayotgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kupertinoliklar unda ham Apple A13 chipsetini qo‘llashmoqchi. Agar shunday bo‘lib chiqsa, ushbu arzon ayfon boshqa kompaniyalarning ayrim flagmanlaridan ham tezkor bo‘ladi!

O‘QING: «Qirol o‘ldi. Yashasin qirol!» – jahon rekordchisini AnTuTu’da tor-mor etishdi!

Aytish kerakki, Apple A13 mobil platformasi so‘nggi flagmanlar – iPhone 11, iPhone 11 Pro, iPhone 11 Pro Max hamda ixcham iPhone SE 2020 modelining ham «elektron yuragi» hisoblanadi. Biz ushbu protsessor hamda Qualcomm kompaniyasining flagman chipseti – Snapdragon 865 o‘rtasidagi jiddiy «jang» aks etgan «jonli» videoni ham chiqarganmiz.

Kupertinolik korporatsiya iPhone 12’lar qadog‘idan oddiy – simli EarPods quloqchinini olib tashlayotgani haqida yozgan edik. Lekin Apple ziqnaligi hali bu bilan ham tugamas ekan – ularning qutisi ichida quvvatlash adapteri ham bo‘lmaydi. Apple’ning o‘zi buni boshqacha yo‘l bilan tasdiqlagan, insayder esa quloqchinsiz va quvvatlagichsiz iPhone 12 qadog‘ini videoda ko‘rsatgan.

O‘QING: iPhone 12’lar bilan birga iPhone SE Plus, keyin esa – iPhone SE 3 ham chiqadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!