Apple ham koronavirusdan himoyalovchi niqob namoyish etdi

  •   DiMaX
  •  724
  •  08.04.2020 12:46

Apple ham koronavirusdan himoyalovchi niqob namoyish etdi

Pandemiyaga aylanib ulgurgan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi, ayniqsa, tibbiyot sohasi xodimlarida yuqori. Apple aynan ularga mo‘ljallangan Face Shield tibbiyot niqobini taqdim etdi.

O‘QING: Apple yana bitta uzoq kutilgan gadjetini tasdiqladi! (+video)

Face Shield aslida niqobdan ko‘ra, yuz qalqoniga ko‘proq o‘xshaydi. Uning tuzilishi ham oddiy – katta plastik ekran va boshga biriktirib qo‘yish uchun tasma. Shifokorlar bunda niqob bilan yuz orasidagi masofani sozlay oladilar. Apple alohida hujjatda Face Shield to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni va uni yig‘ish qo‘llanmasini ham e’lon qilgan.

Tim Kuk e’lon qilishicha, Apple har haftada million dona Face Shield ishlab chiqarishga tayyor. Ularni AQShdagi hamda boshqa mamlakatlardagi kasalxonalar va tibbiyot muassasalariga yetkazib berishadi. Korporatsiya ularning birinchi partiyasini allaqachon Kaliforniyadagi Santa-Klara shahri kasalxonasiga yetkazib bergan.

Shifokorlar Apple niqoblaridan mamnunlar: eltish qulay – kichkina qutiga 100 donasi sig‘adi. Terish oson – ikki daqiqada yig‘ib, taqib olish mumkin. Plastik qalqonni ko‘p martalik qilishgan – turli aralashmalar bilan tozalasa bo‘ladi.

O‘QING: Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!