Apple hamyonbop iPhone SE Plus’ni tayyorlayapti: u haqda nimalar ma’lum?

  •   DiMaX
  •  611
  •  24.09.2020 14:02

Apple hamyonbop iPhone SE Plus’ni tayyorlayapti: u haqda nimalar ma’lum?

Kupertinolik korporatsiyaning iPhone SE 2020 (yoki iPhone SE 2) modeli xaridorlar tomonidan yaxshi kutib olindi. Shu bilan birga, uning «Plus»li versiyasi haqida avval tarqalgan mish-mishlar taqdimotdan so‘ng tinchib ketgan edi.

O‘QING: iPhone 12 mini ham tayyor: bu qanaqa model bo‘ldi?

Tianfeng Securities tahlilchisi Ming-Chi Kuo so‘zlariga ko‘ra, Apple kompaniyasi navbatdagi hamyonbop smartfonni tayyorlamoqda. Lekin iPhone SE Plus rusumli mazkur devaysning rasmiy namoyishi 2021 yilning ikkinchi yarmidagina bo‘lib o‘tadi.

Hozirgacha insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone SE Plus diagonaliga 5,5 yoki 6,1 dyuymlik ekranga ega. Apple uning tannarxini pasaytirish uchun displeyda OLED emas, balki LCD-matritsa qo‘llaydi.

Shuningdek, bu model romsiz ekranli bo‘lmaydi – old panelda Touch ID skanerli «Uyga» tugmachasi saqlanib qoladi. Shunga yarasha, navbatdagi hamyonbop ayfonning korpusi o‘lchamlari yirikroq bo‘ladi.

iPhone SE Plus smartfoni 5G standartini qo‘llab-quvvatlamaydi – Apple bu funksiyani nisbatan qimmat narxli iPhone’lar uchun saqlab turadi. Kompaniya odatda «SE» turkumidagi smartfonlarini bahorda taqdim etib kelmoqda, biroq bunisi ko‘klamgacha tayyor bo‘lmaydi va kelasi yil yozning oxiri – kuzning boshlarida chiqadi.

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r o‘nta smartfon («Roskachestvo» reytingi, 2020 yil sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.