Apple haqida siz bilgan va bilmagan 14 fakt

Apple haqida siz bilgan va bilmagan 14 fakt

Bugungi kunga qadar Apple haqida ko‘plab kitoblar yozilgan va hatto to‘liq metrajli film ham suratga olingan. Hozir esa, biz sizga afsonaviy kompaniya haqida 14 ta qiziqarli faktni bayon qilamiz. Ishonavering, ularni hatto kompaniyaning eng sodiq muxlislari ham bilishmaydi.

Apple juda boy tarixga ega. U Jobs garajidagi kichkina startapdan odamlarning raqamli texnologiyalar haqidagi g‘oyalarini o‘zgartirgan ko‘p milliardli korporatsiya aylangunga qadar qiziqarli yo‘lni bosib o‘tdi. Uning asoschisi - Stiv Jobs ko‘pchilik uchun kumirga aylangan. 

Quyida Apple haqidagi eng qiziqarli va unchalik ommalashmagan, saralangan 14 faktni keltirib o‘tamiz.1. Apple'ga uch kishi asos solgan.

Apple kompaniyasining asoschilaridan ikki kishi, ya’ni Stivlar juftligi- Voznyak va Jobsni deyarli hamma biladi, ammo kompaniya muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo‘shgan uchinchi shaxs Ronald Ueynni ham unutmaslik lozim. Jobs Atari kompaniyasida ishlab yurganida u bilan do‘stlashgan. Ueyn nafaqat kompyuterlarni yaratishda ishtirok etgan, balki ular uchun qo‘llanmalar ham yozgan, shuningdek, “olma“ kompaniyasining birinchi logotipini ham yaratgan. Keyinchalik, Ronald Ueyn Stiv Jobsning g‘alati g‘oyalaridan qo‘rqib, kompaniya kasod bo‘ladi deb o‘ylab, ulushini arzonga sotib, kompaniyadan ketgan. Lekin bu “g‘alati“ g‘oyalar Apple'ni butun dunyoga mashhur qilgan. O‘shandan beri Ueynning karerasida o‘sish bo‘lmadi, hozirda u Nevada treyler parkida tanga va muhrlar sotmoqda. 2011 yilda iPad taqdim qilinguniga qadar unda uzoq vaqt davomida Apple'dan birorta mahsulot bo‘lmaganligi esa juda qiziq.

2. Barchasi oddiy kalkulyatordan boshlangan.

Kompaniyani ishga tushirish uchun pul zarur edi. Buning uchun Jobs mikroavtobusini, Voznyak esa kalkulyatorini sotishiga to‘g‘ri kelgan. Kalkulyator o‘sha vaqtlarda mashinadan qimmatroq baholangan. Shuningdek, o‘sha vaqtlarda har qanday kompyuter va hisoblash texnologiyalari juda qimmatga tushar, Woz kabi dasturlashtiriladigan kalkulyator esa oltinga tenglashtirilar edi. Shunday qilib, Voznyak sotgan kalkulyator narxi 500 dollarni tashkil etgan (hozirgi qiymatda 2000 dollar atrofida).

3. Stiv Jobsning haqiqiy ota-onasi uni asrab olishga berishgan.

Viskonsin universiteti talabasi Joanna Shibl 1955 yilda homilador bo‘ladi va o‘zining yigiti, suriyalik muhojir Abdufatta Jandali bilan birga bolani tashlab ketmoqchi bo‘lishadi, ammo oshiqlarning ota-onalari ularni bolani asrab olishga berishga majbur qilishadi. Joanna Shibl farzandining bo‘lajak ota-onasi oliy ma’lumotli bo‘lishini xohlaydi. Vaholanki, bolani yuqori maktabdan chetlashtirilgan Pol Jobs va kollej talabasi Klara Jobslar asrab olishadi, chunki ular farzand ko‘ra olmas edilar. Shibl va Jandali esa bir qancha vaqt o‘tgach, turmush qurgan va Monu Simpson ismli qiz farzandli bo‘lishgan. Jobs hech qachon haqiqiy otasini ko‘rmagan, ammo o‘limidan oldin u bilan elektron pochta orqali yozishgan.

4. Stiv Voznyak haligacha Apple'da ishlaydi.

Aniqroq qilib aytganda, u rasman kompaniya xodimlar shtatida va hatto yiliga 120 ming dollar maosh oladi. Voznyakning o‘zi introvertdir va an’anaviy ish kunini yomon ko‘radi. Shuning uchun, u 1987 yildayoq muntazam ravishda ofisga kelishni to‘xtatgan.

5. Apple'ning birinchi kompyuteri narxi 666,66 dollar bo‘lgan.

Kompaniyaning birinchi kompyuteri Apple-1'ning chakana narxi 666,66 dollarni tashkil qilgan. Voznyakdan ushbu miqdorni tanlashning sababi nimada deb so‘rashganida, u shunchaki bu raqamlarni terish qulayroq ekanligini aytgan. Bundan tashqari, Voznyak takroriy raqamlarni yaxshi ko‘rardi. Qisqacha aytganda, u umuman g‘alati odam bo‘lgan.

6. Apple mahsulotlari samolyotlarda yetkazib beriladi.

An’anaviy parom va barjalar o‘rniga Apple o‘z mahsulotlarini yetkazib berish uchun samolyotlardan foydalanadi. Bu ancha qimmat, ammo bu usul ham o‘zining afzalliklariga ega. Birinchidan, qurilmalar do‘kon javonlarida juda tez paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, samolyotlarni talash ancha qiyin va ularni tutib olish olish deyarli imkonsiz. Apple kompaniyasining eng yirik “samo hamkori“ Cathay Pacific aviakompaniyasi hisoblanadi.7. Stiv Jobsga Macintosh nomi yoqmagan.

Jobs Jef Ruskinning Macintosh loyihasiga qiziqa boshlaganidan so‘ng, ushbu kompyuterni ishlab chiqarish ishlari ancha tezlashgan. Raskin o‘z mahsulotiga sevimli olma navi “Macintosh “ sharafiga shunday nom bergan. Loyihaning vaqtinchalik nomi sifatida bu so‘z Stivga to‘liq mos keldi, lekin u haqiqatan ham kompyuterni rasmiy ravishda ushbu nom ostida sotishni xohlamagan. Bir kuni, Raskin idorada bo‘lmaganida, Jobs hatto uni o‘zgartirishga harakat qilgan, ammo o‘sha paytda unga kompaniyada hal qiluvchi so‘z huquqi berilmaganligi uchun hech narsa o‘zgarmagan.

8. Jobs oq rangni yoqtirmagan.

Stiv Jobs Apple'ga qaytib kelganida, u kompaniyaning barcha kompyuterlari haqiqatdanda chiroyli ko‘rinishini xohlagan. Uning maqsadi ularni egasi faxrlanadigan qurilmaga aylantirish edi. U dizayner Jon Ivega (u hanuzgacha kompaniyadagi muhim xodimlardan biri) o‘z qarorlarini tatbiq qilishi uchun to‘liq huquq berdi. Stivni oq rangdan tashqari deyarli hamma narsa qoniqtirar edi. U Ivedan boshqa rangni tanlashni so‘radi. Dizayner shunchaki tayyor mahsulotni kulrang bilan bo‘yadi (Moon Gray, ya’ni oy rangi), ammo bu variant Jobsga yoqmadi. O‘shandan beri oq rang barcha Apple mahsulotlarining asosiy fishkalaridan biri bo‘lib kelmoqda.

9. Apple “baxtli“ kiyimga ishonadi.

Jobs taqdimotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u har doim bir xil kiyim bilan taqdimotga chiqqan: Levi's'ning jinsi shimlari, qora vodolazka va New Balance krossovkalari. Ushbu “stil“ juda mashhur bo‘lgan va Stiv vafotidan keyin ham an’anaga aylandi: Jonatan Ayv ham xuddi shu uslubdagi, xuddi shu ishlab chiqaruvchi tomonidan chiqarilgan futbolkalarni kiyib taqdimotga chiqadi.

10. Birinchi iPod'da Breakout'ni o‘ynash uchun yashirin imkoniyat bo‘lgan.

Breakout'ning yaratuvchisi - Stiv Voznyak, uni 1976 yilda Apple tashkil etilishining boshida Atari uchun ishlab chiqqan. 15 yildan keyin chiqarilgan birinchi avlod iPod’da muayyan harakatlar ketma-ketligini bajargandan so‘ng ushbu o‘yinni o‘ynash mumkin bo‘lgan. Imkoniyatga ega bo‘lish uchun esa siz “Qurilma haqida“ menyusiga o‘tishingiz va markaziy tugmachani uch soniya bosib turishingiz kerak edi.

11. Apple'da Isaak Nyutondan ilhomlanishadi.

Nyuton ingliz fizigi va matematigi, insoniyat sivilizatsiyasi tarixidagi eng buyuk aql egalaridan biridir. Aytishlaricha, u boshiga olma tushganidan keyin tortishish qonunini aniqlagan. Shu sababli, kompaniyaning dastlabki logotipida olma daraxti ostida o‘tirgan Nyuton tasvirlangan. Apple tomonidan ishlab chiqilgan birinchi qo‘l kompyuterlaridan biri ham Apple Newton deb nomlangan.

12. Applye dunyoda birinchi raqamli kamera sotgan.

U Apple QuickTake 100 deb nomlangan va o‘sha paytda inqilob bo‘lgan. Ammo, ko‘plab uning kamchiliklari ham mavjud edi: joy bor-yo‘gi sakkizta fotosurat uchun yetarli edi, vizor yo‘q va fotosuratlarning sifati ancha yomon edi. Shunday qilib, qurilma hech qanday natijaga erishmagan.

13. Apple soniyasiga 5400 dollar ishlab topadi.

Shubhasiz, Apple eng boy kompaniyalardan biridir. 2013 yilda kompaniyaning sof foydasi 171 milliard dollarni tashkil etdi. Bir sutkada 86 400 soniya, bir yilda esa 365 kun borligini hisobga olib, oddiy hisob-kitoblarni amalga oshirsangiz, har soniyada Apple 5400 dollar ishlab topganligi ayon bo‘ladi.

14. Apple byudjeti AQSh Moliya Vazirliginikidan ko‘p.

Apple'da 160 milliard dollar, vazirlikda esa 49 milliard dollar bor. Aynan shu mablag‘larni Apple o‘zining yangi hashamatli kampusini qurishga sarflamoqda.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: QIZIQ VIDEO: Eng birinchi iPhone’ni eng so‘nggi iPhone 11 Pro bilan taqqoslaymiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.