Apple hatto Tesla’ga egalik qilishi mumkin edi, lekin Tim Kuk...

  •   DiMaX
  •  902
  •  24.12.2020 15:59

Apple hatto Tesla’ga egalik qilishi mumkin edi, lekin Tim Kuk...

Ilon Mask kuni kecha Twitter’da qiziq bir ma’lumotni e’lon qildi. Ya’ni, u Apple rahbariga Tesla kompaniyasini hozirgi qiymatining o‘ndan bir qismi narxida sotib olishni taklif qilgan ekan. Tim Kuk esa u bilan uchrashishdan bosh tortgan, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: Ilon Mask bir kunda salkam 9 milliard dollaridan ayrildi

«Model 3 dasturi ustida ishlanilayotgan eng qiyin kunlarning birida men Tim Kuk bilan Apple kompaniyasi Tesla’ni sotib olishi imkoniyatini muhokama qilish uchun murojaat etdim (Tesla’ning bugungi qiymatining o‘ndan bir qismiga). U esa uchrashishdan bosh tortgan».

Shunday qilib Tesla rahbari o‘zini o‘zi boshqaradigan Apple avtomobillari yaratilishi haqidagi yangiliklarga izoh berdi. Tesla’ning hozirgi kapitallashuvi 600 milliard dollardan oshganligini hisobga olsak, Apple bilan kompaniyani sotish bo‘yicha bitim atigi 60 milliard dollarga teng bo‘lishi mumkin edi.

O‘QING: Eng ommabop elektromobillar reytingi: Tesla’ga nemislar yetay deb qolishdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.