Apple hayratda: kvadrat modulli ilk smartfonni umuman boshqa kompaniya namoyish qildi!

Apple hayratda: kvadrat modulli ilk smartfonni umuman boshqa kompaniya namoyish qildi!

Ko‘pchilik tomonidan intizorlik bilan kutilayotgan Iphone 11 smartfonining renderlariga ko‘ra, unda kamera moduli kvadrat bo‘lishi aytilayotgan edi. Xitoylik ishlab chiqaruvchilar esa “olma”ning navbatdagi modelini kutib o‘tirishmayapti. Kuni kecha Cubot kompaniyasi Cubot X20 Pro smartfonini taqdim qildi. Ushbu model yangi urfdagi kvadrat kamera moduliga ega dunyodagi ilk smartfon bo‘ldi deyish mumkin.

Qurilma ekrani diagonali 6,3 dyum, aniqligi 2340 x 1080 piksel, tomonlari nisbati 19,5:9 bo‘lib, old panelni 92,8 foizga egallagan.

Korpus o‘lchami 157,1 x 74,6 x 8,1 mm, akkumulyator hajmi 4000 mA/soat, buning evaziga quvvat odatiy rejimda ikki kungacha yetishi mumkin.

Cubot X20 Pro 6GB operativ va 128 GB doimiy xotiraga ega talqilda ishlab chiqariladi.

Asosiy kamera sifatida aniqligi 12 va 20 Mp bo‘lgan Sony IMX486 va Sony IMX350 datchiklari, shuningdek ko‘rish burchagi 125° bo‘lgan 8 megapiksellik sensor o‘rnatilgan. Old kamera aniqligi esa 13 megapiksel (Sony IMX214).

Изображение

Smartfon sentyabr oyidan boshlab 200 dollar (!) narxda sotuvga chiqishi aytilgan. Smartfon dizayni kuzda namoyish qilinishi kutilayotgan iPhone 11 kamera modulidan andaza olganini payqash qiyin emas.

O‘QING: Odam abadiy yashashi mumkinmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!