Apple I o‘z narxidan 500 marotaba qimmatga sotildi

Apple I o‘z narxidan 500 marotaba qimmatga sotildi

Londondagi nufuzli «Kristis» auksionida bugun uchun nodir texnologik vosita hisoblangan, jahon miqyosida saqlab qolingan 6 ta Apple I kompyuterlaridan biri sotildi. Bu elektron hisoblash mashinasi $355 000 dollarga xarid qilindi.

To‘g‘ri, mazkur “qadimiy” mashinani davrimizning eng oddiy stol kompyuteri bilan ham solishtirib bo‘lmaydi. Uni shaxsan Apple asoschilaridan biri bo‘lgan Stiv Voznyak qo‘lida yig‘gan bo‘lsa, savdosi bilan taniqli tadbirkor Stiv Jobs shug‘ullangan. 1976 yilning iyulida sotuvga chiqqan Apple I o‘shanda $666,66 dollardan sotilgan.

O‘shanda 200 dona Apple I sotilgan. Hozir 66 ta original Apple I saqlanib qolgan bo‘lsa, ulardan 6 tasi hali ham ishlaydi.

Bu beso‘naqay qurilma bugungi iPad planshet kompyuterlari va iPhone smartfonlarining “ajdodi” bo‘lib, uning xotirasi bor-yo‘g‘i 8 kilobaytni tashkil qiladi. Ya’ni, bugungi ommabop uy kompyuterlarining xotirasidan 1.5 million marotaba kichik.

Aytish kerakki, $355 000 dollar bu – bunday kompyuter uchun rekord narx emas. Avvalgi 3 ta Apple I kompyuterlari $626 967, $664 260 va $905 000 dollarga sotilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!