Apple ilk «aqlli» akustika tizimi – Siri Speaker’ni taqdim etadi

  •   DiMaX
  •  874
  •  01.06.2017 16:11

Apple ilk «aqlli» akustika tizimi – Siri Speaker’ni taqdim etadi

Tayvandagi elektronika jihozlari ishlab chiqaruvchi Inventec kompaniyasi allaqachon Apple’ning «aqlli» akustika tizimini ishlab chiqara boshlagan. Bu haqda, yetkazib beruvchilarga yaqin manbalariga asoslangan holda, Bloomberg nashri xabar tarqatgan.

Nimalar ma’lum?

Mish-mishlarga qaraganda, «aqlli» kolonka Siri Speaker deb nomlanadi. Unga Siri ovozli yordamchisi o‘rnatilishidan tashqari, tashqi ko‘rinishi ham o‘ziga xos, yana AirPlay’ni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Sensor panelga ega Siri Speaker qurilmasi Apple smart-ekotizimiga integratsiyalasha oladi. Shuningdek, u inqilobiy VSS (Virtual Surround Sound) – qamrab oluvchi ovoz texnologiyasiga ega.

Bulardan tashqari, Siri Speaker o‘zining raqobatchilari – Amazon Echo va Google Home’ga nisbatan ancha balandroq va tozaroq ovoz chiqarishi kerak.

Qachon va qanchaga?

Siri Speaker’ning narxi borasida hozircha birorta ham ma’lumot yo‘q. Faqat uning narxi Amazon Echo yoki Google Home’nikidan baland bo‘lmasligi kutilmoqda.

Ammo xabarni yetkazgan manba qurilmaning taqdimot kunini ma’lum qilgan. Aytilishicha, Apple 5 iyun kuni, WWDC 2017 konferensiyasi doirasida Siri Speaker’ning taqdimotini o‘tkazadi.

Demak, Apple’ning yangi qurilmasi namoyish etilishiga sanoqli kunlar qolibdi. Batafsil ma’lumotlardan boxabar bo‘lib borish uchun bizdan uzoqlashmang!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!