Apple iMac Pro yangi dizayn hamda M1 Pro/Max chipiga ega bo‘ladi

Apple iMac Pro yangi dizayn hamda M1 Pro/Max chipiga ega bo‘ladi

Apple o‘z qurilmalarini asta-sekin yangilab, ularni Apple Silicon oilasining bir chipli tizimlariga o‘tkazmoqda. Apple Silicon bilan jihozlanuvchi kompaniyaning navbatdagi qurilmasi iMac Pro bo‘ladi. 

Bloomberg muxbiri Mark Gurmanning yangi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi iMac Pro yangilangan dizayn va zamonaviy texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Manbaning yozishicha, 27 dyuymli iMac Pro bir chipli M1 tizimi bilan jihozlangan 24 dyuymli iMac'ga o‘xshash dizaynda bo‘ladi.

Qurilma 120Hz tasvirni yangilash tezligini qo‘llab-quvvatlaydigan Mini LED displeyi bilan jihozlanishi aytilmoqda. 

Qurilmaga yangi M1 Pro hamda M1 Max chiplari o‘rnatiladi. Avvalroq ushbu chiplar 14 va 16 dyuymli MacBook Pro modellariga o‘rnatilgan edi. iMac Pro ham xuddi MacBook Pro noutbuklari kabi 16GB tezkor va 512GB SSD xotirasi bilan jihozlanadi. 

Garchi Apple tomonidan yangi iMac Pro modeli haqida hech qanday rasmiy xabar bo‘lmagan bo‘lsa-da, bir necha manbalar qurilma 2022-yilning boshida taqdim etilishi haqida xabar bermoqda. 

iMac Pro'dan tashqari kompaniya joriy yilda bir qancha yangi mahsulotlarni, jumladan AirPods Pro 2, Apple M2 SoC, yangi MacBook modellarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. 

O‘QING: Xitoylik kompaniya iPhone 13 Pro'ning orqa panel dizaynini shundoqligicha ko‘chirib oldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!