Apple investorlarni ogohlantirdi

Apple investorlarni ogohlantirdi

Apple o‘z saytiga investorlar uchun yanvar oyi choraklik qo‘llanmasini joyladi. Ma’lum qilinishicha, kompaniya daromadi kamayishi va iPhone biznesi sustlashishi kutilmoqda.

Xitoydagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab iPhone ishlab chiqaruvchi zavodlar odatdagidek jadal ishlamayapti. Ishlab chiqarish qayta yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, Apple'ning iPhone borasidagi rejalarini amalga oshirish darajasida ishlanmayapti. Buning natijasida hozirda mavjud barcha iPhone modeli va iPhone 9'larning sotuv peshtaxtalarida kamayishi kutilmoqda.

Berilgan ma’lumotda Apple va hamkor do‘konlarning kunlik ish vaqti qisqartirilgani ham aytilgan.Bularning barchasi kompaniya mart oyida yakunlanuvchi chorak va ehtimolki, undan keyingi davr uchun mo‘ljallangan moliyaviy maqsadlariga to‘liq erisha oshira olmaydi, deganidir.

Ammo Apple o‘zining kuchliligi, ushbu vaziyat faqat vaqtinchalik ekanligini ham ta’kidlamoqda.

O‘QING: Apple mart oyidayoq bitta emas, kamida ikkita mobil gadjet taqdim etadi!