Apple iOS 15.4.1 yangilanishini chiqardi

Apple iOS 15.4.1 yangilanishini chiqardi

Apple o‘tgan mart oyining o‘rtasida o‘zining qurilmalari uchun iOS 15.4 yangilanishini chiqargan edi va bir haftacha o‘tar-o‘tmas foydalanuvchilar iPhone smartfonlarida yangilanishdan so‘ng batareya tez tugab qolayotgani haqida shikoyat qilishayotgan edi. Apple qo‘llab-quvvatlash markazi yangilanishdan keyin 48 soatgacha ilova va funksiyalarning sozlanib olishi uchun bu odatiy hol ekanligini ma’lum qilgan edi. Lekin ikki hafta o‘tsa ham hanuz ayfonchilar ushbu muammo haqida xabar berishayotgan edi.

Baxtga qarshi Apple kecha iOS 15.4.1 versiyasini chiqardi va bu yangilanish tizimdagi kichik xatoliklarni va ko‘pchilikni qiynayotgan batareyaning zaryadsizlanishi xatosini tuzatadi.

Garchi batareyangiz yaxshi holatda bo‘lsa ham, smartfoningiz operatsion tizimini so‘nggi versiyaga yangilab olish tavsiya qilinadi, chunki bu yangilanishda xavfsizlik tuzatishlari ham mavjud. Umuman, yangilanishlarni cheksiz muddatga o‘chirib qo‘yish hech qachon ajoyib g‘oya bo‘lmagan.

O‘QING: iOS 15.4 tizimida muammolar yuzaga kelayotgani aytilmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!