Apple iPhone 12 mini'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Apple iPhone 12 mini'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Kichik o‘lchamli iPhone ko‘rmaganimizga ham ancha bo‘lgan endi, biroq bu yil iPhone 12 mini taqdim etilishi bilan bu o‘zgardi.

Aslini olganda, iPhone mini degan smartfon chiqishi haqidagi mish-mishlar 2013-yildan beri bor edi.

iPhone'lar borgan sari kattaroq (iPhone 6) va uzunroq (iPhone 6 Plus) bo‘lib bordi. iPhone XS Max esa yanayam katta iPhone bo‘ldi. Biroq 2016-yilga kelib, vaziyat biroz o‘zgardi, sababi Apple ko‘pchilik kutayotgan original iPhone SE'ni chiqardi. Vaholanki, bu smartfonning old tomoni to‘liq ekran bilan qoplanmagan edi — uy ekrani tugmasi bor edi unda. Kipertinoliklar bu yil mart oyida mana shu kichik iPhone SE'ning ikkinchi avlodini taqdim qildi, ammo unda ham uy ekrani tugmasi bor edi. Va nihoyat, oktabrda biz kutgan kichik hajmli, to‘liq ekranli iPhone — iPhone 12 mini chiqarildi.

iPhone 12 mini'ni qisqacha qilib tariflash kerak bo‘lsa, uni, shubhasiz, iPhone 12'ning kichikroq versiyasi degan bo‘lardik. Smartfon ekrani kichikroq (5.4" vs 6.1"), akkumulyator sig‘imi kamroq (2,227 mAs vs 2,815 mAs), lekin qolgan hamma jihati aynan iPhone 12 bilan bir xil.

iPhone 12 mini smartfoni kengaytirilgan 1080p rezolyutsiyali 5.4 dyuym diagonalga ega OLED panel va Apple'ning eng so‘nggi A14 Bionic chipi bilan jihzolangan. Ushbu qurilma hozirga qadar chiqarilgan eng kichik 5G smartfon hisoblanadi. 12 mini'ning iPhone 12 bilan bir xil jihatlari qatoriga, shuningdek, qo‘shaloq kamerasi, Tungi Rejimi va Dolby Vision video yozuvi hamda stereo dinamiklarini kiritish mumkin.

12 mini modeli iPhone 12 oilasining boshqa vakillaridagi kabi IP68 himoyasiga ega korpus va Ceramic Shield bilan qoplangan. Orqa panelga MagSafe zaryadchigini qo‘llab-quvvatlovchi komponent ham qo‘yilgan. Ammo boshqa iPhone 12'lar simsiz quvvat olganda 15 Vt da zaryadlansa, 12 mini 12 Vt da quvvat yig‘adi.

Keling, endi Apple iPhone 12 mini smartfonining to‘liq texnik jihatlari bilan tanishsak:

>Korpus: «matovoye» sayqalli alyuminiy rom, old panelda oleofobik qoplamali Ceramic Shiyeld, chang va suvdan hikoyaning IP68 himoyasi; ranglar: qora, oq, yashil, ko‘k, qizil; 131.5 x 64.2 x 7.4 mm, 135 g.

> Displey: 5.4" Retine XDR OLED ekrani, 1,080 x 2,340 piksel rezolyutsiya, 476 piksel/dyuym zichlik, 600 nit, 120Hz sensor sezgirligi. HDR10, Dolby Vision, keng ranglar gammasi, True Tone.

> Chipset: Apple A14 Bionic chipi (5 nm) - 6 yadroli
(2x3.1 GHz Firestorm + 3.1GHz Turboboostʼli 4x1.8 GHz Icestorm) Apple CPU, 4 yadroli Apple grafik protsessori, 16 yadroli Apple NPU 4-avlod.

> Xotira: 4GB tezkor, 64/128/256GB doimiy xotira.

> Orqa kamera: 12MP qo‘sh kamera: •26 mm asosiy keng, f/1.6, OIS, qo‘sh piksel avtofokusi; •13 mm ultrakeng, f/2.4, 120° ko‘rish maydoni; qo‘sh-LED chirog‘i. Tungi Rejim, Smart HDR 3, Deep Fusion.

> Video yozuv: 2160p@60/30 kadr/sek., 1080p@30/60/120/240 kadr/sek.; keng dinamik diapozon va atrof tovushi, OIS + EIS, Dolby Vision (faqat 30 kadr/sek.)

> Old kamera: Qo‘sh kamera - 23 mm 12MP f/2.2, HDR rejimi + 3D ToF kamerasi; Tungi Rejim, Smart HDR 3, Deep Fusion. 2160p@60/30 kadr/sek., 1080p@30/60/120 kadr/sek. video yozuv; keng dinamik diapozon va atrof tovushi, EIS.

> Aloqa: Qo‘sh-SIM, 5G, 4G; Wi-Fi a/b/g/n/ac/6; Bluetooth 5.0; Lightning porti; A-GPS, GLONASS, GALILEO, QZSS; NFC; Apple U1.

> Akkumulyator: 2,227 mAs akkumulyator, 20 Vt tezkor quvvatlash, 12 Vt Qi simsiz quvvatlash (MagSafe).

> Boshqa: maxsus TrueDepth kamerasidan foydalanuvchi Face ID, stereo karnaylar, Taptic Engine.

Qadoq tarkibi
Barcha iPhone 12'lar, shu jumladan, iPhone 12 mini ham ingichka karton idishda sotiladi. Qadoq ichida iPhone'ning o‘zi va USB-C-to-Lightning kabelini ko‘rasiz.

Ko‘plab bahs-munozaralarni keltirib chiqargan holda, Apple endi smartfonlari qadog‘iga quvvatlagich va quloqchinlarni solib qo‘ymaydigan bo‘ldi.

O‘QING: Apple iPhone 12 Pro Max'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!