Apple iPhone 12 Pro Max'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Apple iPhone 12 Pro Max'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Ilgariroq, saytimizda iPhone 12 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi haqida yozgan edik. Endi navbat hozirgacha chiqqan iPhone'lar orasida eng katta, eng og‘ir, eng kuchli va eng funksionali — iPhone 12 Pro Max smartfoniga keldi.

iPhone 12 Pro Max iPhone 12 lineykasining yangicha va takomillashgan uch kamerali modulga ega yagona vakilidir. Kompaniya nafaqat smartfon dizaynini, balki uning deyarli barcha jihatini takomillashtirgan.

iPhone 12 Pro Max shunchaki hajman katta emas, balki yangicha funskiyalar jamlanmasiga ham ega. Ushbu smartfon Apple hozirgacha yaratgan eng premium va chidamli dizaynni o‘zida jamlagan, 5G tarmog‘ida ishlash imkoniga ega eng qudratli chip bilan jihozlangan, eng so‘nggi Apple kamerasiga ega, LiDAR skaneri, eng katta karanykar, eng katta akkumulyator va, albatta, MagSafe qo‘llab-quvvatlanilishi ham shular jumlasidan.

Smartfon ekrani 120Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘lganda, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi, ammo, afsus, bunday bo‘lmadi. Kim bilsin, balkim, bu keyingi yili amalga oshar, biroq hozirda eng qimmat iPhone ham ekranida soniyasiga 60 tadan ko‘p kadr ko‘rsata olmaydi.

Keling endi, shuncha maqtaganimiz Apple iPhone 12 Pro Max smartfonining to‘liq texnik jihatlari bilan tanishib chiqsak:

> Korpus: zanglamas po‘latdan ishlangan romli yaltiroq sayqal, orqa panelda «matovoye» sayqalli shisha, chang va suvdan himoyaning IP68 darajasi; ranglar: kumush (Silver), grafit (Graphite), tillarang (Gold) va Tinch okean ko‘ki (Pacific Blue); 160.8 x 78.1 x 7.4 mm, 228 g.

> Displey: 6.7" Retina XDR OLED ekrani, 1,284 x 2,778 piksel rezolyusiyasi, 458 piksel/dyuym zichlik, 800 nit yorqinlik, 120Hz sensor sezgirligi, HDR10, Dolby Vision, keng ranglar gammasi, True Tone.

> Chipset: Apple A14 Bionic chipi (5 nm) - 6 yadroli
(2x3.1 GHz Firestorm + 3.1GHz Turboboostʼli 4x1.8 GHz Icestorm) Apple CPU, 4 yadroli Apple grafik protsessori, 16 yadroli Apple NPU 4-avlod.

> Xotira: 6GB tezkor; 128/256/512GB doimiy xotira.

> Orqa kamera: Uchta 12MP kamera: •Asosiy: 1.7µm piksel, 26 mm, f/1.6, IBIS, qo‘sh piksel avtofokusi; •Ultrakeng: 1.0µm piksel, 13 mm, f/2.4, 120° ko‘rish maydoni; •Telefoto: 1.0µm piksel, 65 mm, /2.2, OIS, 2.5x optik zum; qo‘sh-LED chirog‘i. Tungi Rejim, Smart HDR 3, Deep Fusion.

> Video yozuv: 2160p@60/30 kadr/sek., 1080p@30/60/120/240 kadr/sek., keng dinamik diapozon va atrof tovushi, OIS + EIS, Dolby Vision.

> Old kamera: Qo‘sh kamera - 23 mm 12MP /2.2, HDR rejimi + 3D ToF kamera; Tungi Rejim, Smart HDR 3, Deep Fusion. 2160p@60/30 kadr/sek., 1080p@30/60/120 kadr/sek. video yozish, keng dinamik diapozon va atrof tovushi, EIS.

> Aloqa: Qo‘sh-SIM, 5G, 4G; Wi-Fi a/b/g/n/ac/6; Bluetooth 5.0; Lightning porti; A-GPS, GLONASS, GALILEO, QZSS; NFC; Apple U1 chip ultrakeng palosa.

>Akkumulyator: 3,687 mAs, 20 Vt tezkor quvvatlanish, 15 Qi simsiz quvvatlanish (MagSafe)

>Boshqa: maxsus TrueDepth kamerasidan foydalanuvchi Face ID, stereo karnaylar, Taptic Engine.

iPhone 12 Pro Max smartfoni iPhone 12 Pro'ning kattaroq ekran va akkumulyatorga ega kuchliroq versiyasidir. Qurilma, shuningdek, sanoatda birinchi sensor surilishi tasvir stabilizatsiyasiga ega 12MP asosiy kameraga ham ega.

iPhone 12 Pro Max sayyoramizdagi eng qimmat smartfonlardan biri bo‘lsa ham, Apple'ning tabiatni asrashga qaratilgan harakatlari bois qadoq tarkibia smartfondan boshqa deyarli hech narsa yo‘q.

Qadoq tarkibi
Apple iPhone 12 Pro Max ingichka va yengil qadoqda sotiladi. Qadoq ichida smartfonning o‘zi va USB-C-to-Lightning kabeli bor.

Ovvora bo‘lib boshqa aksessuarlarni qidirib o‘tirmang: quvvatlagich yoki EarPods quloqchinlarini topa olmaysiz. Faqat SIM karta chiqargich va bittagina Apple stikeri bor. SIM karta chiqargichni ehtiyot qiling — keyingi yil uni ham ko‘rmasligimiz mumkin!

O‘QING: Apple iPhone 12 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!