Apple iPhone 12 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Apple iPhone 12 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Bu yil Apple o‘zining potensial xaridorlariga har qachongidan ko‘proq tanlov taqdim etmoqda. iPhone 12 bilan taqqoslaganda, iPhone 12 Pro'ning xotirasi ikki barobar ko‘proq, korpus zanglamas po‘latdan ishlangan, ranglar gammasi ham kengroq, kamera borasida ham bir qator yangilanishlar mavjud. Smartfon ikki karra optik zumli telefoto kamera, past yorug‘likda fokus olish va to‘ldirilgan reallik uchun LiDAR skaneri hamda Tungi Rejimda portretlar olish xususiyatlariga ega.

iPhone 11 Pro bilan taqqoslaganda esa o‘zgarishlar yanada ko‘zga tashlanadi. Protsessor tezroq ishlaydi, 5G aloqasi mavjud, ekran hajmi kattaroq va zarbalarga chidamliroq, ultrakeng kamera uchun Tungi Rejim mavjud, Dolby Vision video yozuv funksiyasi bor, MagSafe qo‘llab-quvvatlanadi va yangi LiDAR skaneri o‘rnatilgan.

Lekin hammasidan ham muhimi, iPhone 12'lar yangicha dizaynda taqdim qilindi. Ushbu dizayn oldingi barcha iPhone'larni go‘yoki urfdan qolgan eski smartfonga aylantirib qo‘yadi.

Apple iPhone 12 Pro'ning texnik jihatlari

> Korpus: zanglamas po‘lat, yaltiroq sayqalli rom, oleofobik qoplamali Ceramic Shield old paneli, «matovoye» sayqalga ega shishadan ishlangan orqa korpus, chang va suvdan himoyaning IP68 darajasi; Silver, Graphite, Gold, Pacific Blue rang tanlovlari, 146.7 x 71.5 x 7.4 mm, 189  g.

> Displey: 6.1" Retina XDR OLED ekran, 1170x2532p rezolyusiyasi, 460 piksel/dyuym zichlik, 600 nit yorug‘lik, 120Hz sensor sezgirligi, HDR10, Dolby Vision qo‘llab-quvvatlanishi, keng ranglar gammasi.

> Chip: Apple A14 Bionic chipi (5 nm) olti yadroli: 2x3.1 GHz Firestorm + 3.1GHz Turboboost'ga ega 4x1.8 GHz Icestorm, to‘rt yadroli Apple grafik protsessori, 16 yadroli Apple 4-avlod NPUsi.

> Xotira: 6GB tezkor, 128/256/512GB doimiy xotira.

> Orqa kamera: uchta 12MP kamera: 26 mm asosiy keng burchakli, f/1.6, OIS, qo‘sh piksel avtofokusi; 13 mm ultrakeng, f/2.4, 120 daraja ko‘rish maydoni; 52 mm telefoto, f/2.0, OIS, 2x optik zum; qo‘sh LED chirog‘i. Tungi Rejim, Aqlli HDR 3, Deep Fusion.

>  Video yozuv: 2160p@60/30 kadr/sek., 1080p@30/60/240 kadr/sek. dinamik diapozon  fazoviy tovush, OIS+EIS, Dolby Vision.

> Old kamera: qo‘sh kamera: 23 mm 12MP f/2.2 old kamera, HDR rejimi + 3D ToF kamera; Tungi Rejim, Aqlli HDR 3, Deep Fusion. 2160p@60/30 kadr/sek., 1080p@30/60/120 kadr/sek. video yozuv, dinamik diapozon, fazoviy tovush, EIS.

> Aloqa: Qo‘sh SIM, 5G, 4G; Wi-Fi a/b/g/n/ac/b;
Bluetooth 5.0; Lightning porti; GLONASS, GALILEO, QZSS; NFC; Apple U1 chip o‘ta keng palosasi.

> Akkumulyator: 2,815 mAs  akkumulyator, 15 Qi simsiz quvvatlash (MagSafe).

> Boshqa: Maxsus TrueDepth kamerasidan foydalanuvchi Face ID, stereo dinamiklar, Taptic Engine.

Ta’kidlash kerakki, kupertinoliklar iPhone 12'lardan kutganlarimizning ko‘pini taqdim qilmadi. iPhone 12 Pro'ning 120Hz ProMotion ekranga ega bo‘lishi kutlgan edi, lekin, afsuski, bunday bo‘lmadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Apple 5G va HRR OLED ekrandan birini tanlashiga to‘g‘ri kelgan (bizningcha, bunga sabab akkumulyator sarfi bo‘lsa kerak). Kompaniya esa 5G'ni tanladi — ko‘p joyda hali ham 5G mavjud emas, lekin endi Apple'ning veb-saytida kattagina 5G logotipi savlat to‘kib turibdi. To‘g‘ri, tan olish kerak, iPhone interfeysi tezkor va qulay ko‘rinishga ega, lekin yuqori yangilanish chastotali ekran bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

Bundan tashqari, Apple'ning kameraviy apparat ta’minoti borasida apgreydni faqat iPhone 12 Pro Max'ga joriy qilgani 12 Pro'ga bo‘lgan qiziqishni kamaytiradi. Hamma ham katta smartfon ishlatishni xohlamaydi, biroq iPhone 12 Pro Max'ni sotib olmasangiz, kattaroq piksellarga ega 12MP kameraga ega bo‘lishning imkoni yo‘q. Bizningcha, iPhone 12 Pro ham yangicha kameraviy apparat ta’minotiga ega bo‘lishga arziydigan smartfon edi.

Apple iPhone 12 Pro qadoq tarkibi

Apple, ko‘p bahs-munozaralarni yuzaga keltirgan holda, ming dollardan ham qimmat smartfoni qadog‘iga na quvvatlagich va na quloqchimlarni solib qo‘ymasligini ma’lum qildi va buni amalada qo‘lladi. Bu yilgi iPhone'lar, shunday qilib, eng ingichka qadoqda sotuvga chiqdi. Qadoq ichida faqat smartfon va USB-C/Lightning kabeli joylashgan bo‘ladi. Quvvatlagich yoki quloqchinni qidirib ovvora bo‘lmay qo‘ya qoling! Apple’ning o‘ylashicha, mijozda allaqachon bu gadjetlar bor yoki sotib olishga majbursiz.

Qadoq ichida yana bir-ikkita narsa bor: SIM karta chiqargich va Apple stikeri. Bularning ikkalasini qadoq ichiga solmasa ham bo‘lardi, axir, ular bizda allaqachon borku! Keyingi yilgi iPhone'lar hatto qadoqqayam solimmay, oddiy sellofan paketda sotiladi, deb hazilomus taxmin qilmoqda.

O‘QING: iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max modellarini ilk «jonli» videoda boshqa ayfonlar bilan taqqoslab ko‘ramiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!