Apple iPhone 13 lineykasi, yangi iPad'lar va Watch Series 7 sotuvga chiqdi

Apple iPhone 13 lineykasi, yangi iPad'lar va Watch Series 7 sotuvga chiqdi

Apple iPhone 13 kvarteti kechadan boshlab 30 dan ortiq mamlakatda sotuvga chiqdi. Smartfonlarni joylardagi do‘konlardan sotib olish mumkin. Oldindan buyurtma berganlar esa qurilmalarni olib bo‘lishdi.

O‘QING: Yevropa Ittifoqi barcha gadjetlar uchun yagona zaryadlovchi vosita joriy qilish haqida qonun ishlab chiqdi. Apple bunga qarshi

Birinchi to‘lqin sotuvlari boshlangan mamlakatlardagi foydalanuvchilar, shuningdek, yangi iPad va Watch Series 7 taqiladigan qurilmalariga ham oldindan buyurtma berishgandi. Sharqiy Yarimshardagi Apple'ning haqiqiy ishqibozlari jilovdor qurilmalarni bir necha soat oldin olib bo‘lishdi.

Ikkinchi to‘lqin sotuvi mamlakatlarida esa oldindan buyurtmalar kelasi juma — 1 oktyabrdan boshlanadi va qurilmalar 8 oktyabrdan yetkazib beriladi.

iPhone 13 va iPad'lar qadoqdan iOS 15 va iPadOS 15 tizimlarida ishlaydi. Oldingi avlod qurilmalari ham yangi tizimga o‘ta boshladi.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 smartfonining korpus o‘lchamlari iPhone 13 bilan taqqoslandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.