Apple iPhone 13 lineykasi, yangi iPad'lar va Watch Series 7 sotuvga chiqdi
Apple iPhone 13 kvarteti kechadan boshlab 30 dan ortiq mamlakatda sotuvga chiqdi. Smartfonlarni joylardagi do‘konlardan sotib olish mumkin. Oldindan buyurtma berganlar esa qurilmalarni olib bo‘lishdi.
Birinchi to‘lqin sotuvlari boshlangan mamlakatlardagi foydalanuvchilar, shuningdek, yangi iPad va Watch Series 7 taqiladigan qurilmalariga ham oldindan buyurtma berishgandi. Sharqiy Yarimshardagi Apple'ning haqiqiy ishqibozlari jilovdor qurilmalarni bir necha soat oldin olib bo‘lishdi.
Ikkinchi to‘lqin sotuvi mamlakatlarida esa oldindan buyurtmalar kelasi juma — 1 oktyabrdan boshlanadi va qurilmalar 8 oktyabrdan yetkazib beriladi.
iPhone 13 va iPad'lar qadoqdan iOS 15 va iPadOS 15 tizimlarida ishlaydi. Oldingi avlod qurilmalari ham yangi tizimga o‘ta boshladi.
O‘QING: Samsung Galaxy S22 smartfonining korpus o‘lchamlari iPhone 13 bilan taqqoslandi