Apple'ning navbatdagi iPhone'lari yon tomonlarida taktil sensorlar bilan jihozlanadi

Apple'ning navbatdagi iPhone'lari yon tomonlarida taktil sensorlar bilan jihozlanadi

Apple o'zining bu yilgi iPhone smartfonlari Pro modellarini yangicha innovatsiya, dinamik orol bilan chiqardi. Ehtimol, kompaniya yuqori modeldagi iPhone'larni yangicha texnologiyalar bilan "siylashda" davom etadi.

Taniqli Apple tahlilchisi Ming Chi Kuo bergan xabarlarga ko'ra, kupertinolik kompaniya o'zining navbatdagi iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max (yoxud Ultra) modellaridan yon tomondagi jismoniy tugmalarni olib tashlaydi. Kuo'ning ta'kidlashicha, ularning o'rnini iPhone 7/8 & SE2/3 smartonlarining asosiy tugmasiga o'xshash dizayndagi qattiq holatdagi tugmalar egallaydi.

"Qurilmaning o'ng va chap tomonlarida foydalanuvchilar xuddi jismoniy tugmachalarni bosayotgandek his qilishlariga imkon beradigan Taptic Engine'lar bo'ladi" deydi Kuo.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu dizayn o'zgarishi sabab, iPhone'lardagi Taptic Engine'lar soni hozirgi bittadan uchtagacha ko'payadi. Natijada ushbu texnologiya ta'minlovchilari sezilarli darajada foyda ko'rishadi. Shuningdek, Kuoning qo'shimcha qilishicha, Apple ushbu texnologiyali iPhone'larni taqdim qilganidan keyin, kelajakda Android smartfon ishlab chiqaruvchilari ham o'zlarining yuqori model flagmanlarida shunga o'xshash yo'llardan foydalanishadi.

Garchi mish-mishlar to'g'ri bo'lsa ham Apple o'z smartfonlarida jismoniy tugmalardan voz kechgan birinchi kompaniya bo'lmaydi. LG o'zining smartfon bo'limini yopishdan oldin ikkita tugmasiz smartfonlar ustida ishlagan edi. Ular bekor qilingan LG Rollable va LG Velvet 2 Pro bo'lib, ikkala qurilmada ham ovoz balandligini boshqarish va displeyni yoqish yoki o'chirish uchun jismoniy tugmalar o'rniga bosimga sezgir prokladkalardan foydalanilgan. 2018-yilda ishlab chiqarilgan HTC U12 Plus'da ham xuddi shunga o'xshash yondashuv qo'llanilgan, ammo HTC'ning buni unchalik yaxshi amalga oshira olmagan va natijada foydalanuvchilar tugma sezgirligi bilan bog'liq muammolarga duch kelayotganliklari haqida xabar berishgan edi.

O'QING: iPhone 15 Ultra'da foydalaniladigan material smartfonni yanada mustahkam, yengil va qimmat qiladi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.