Apple iPhone 6’ni xitoylik kompaniyadan ko‘chirganlikda ayblanmoqda

Apple iPhone 6’ni xitoylik kompaniyadan ko‘chirganlikda ayblanmoqda

Pekin intellektual mulk sudida ko‘rilayotgan da’vo arizasida Apple’ning iPhone 6 hamda iPhone 6 Plus mobil aloqa vositalarining dizayni aslida mahalliy smartfon ishlab chiqaruvchilarining g‘oyasi ekanligi aytilmoqda.


Pekin intellektual mulk idorasining ma’lum qilishicha, ayfonning mazkur modellari ko‘rinish jihatdan Xitoyning “Baili” brendiga tegishli 100C phone smartfoni bilan bir xil. 100C phone smartfonlariga olingan patent esa Apple qurilmalarinikidan ancha ilgari olingan ekan.
Agar mazkur da’voda mahalliy ishlab chiqaruvchi yutib chiqsa, iPhone 6 qurilmalarining Xitoydagi savdosi ta’qiqlanishi mumkin.
So‘nggi oylarda Apple Xitoyda ko‘p tazyiqlarga uchramoqda. Xususan, aprel oyida kompaniyaning iTunes Movies va iBooks xizmatlaridan foydalanish Xitoyda ta’qiqlangan edi.
May oyida esa Apple “iPhone” nomi bilan charm buyumlar ishlab chiqaruvchi xitoylik kompaniyani sudga bergan edi. Ammo mahalliy ishlab chiqaruvchi bu nomni 2007 yilda ro‘yxatdan o‘tkazgani, Apple esa bunga qadar “ayfon” so‘zining mamlakatda mashhur bo‘lib bo‘lganligini isbotlay olmagani uchun sudda mag‘lub bo‘lgan.

5.5 dyuymli iPhone 6 va iPhone 6 Plus Apple tomonidan 2014 yilning sentyabr oyida namoyish qilingan bo‘lib,  iPhone mobil aloqa vositasi modelining 8-avlodi hisoblanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!