Apple iPhone 6’ning to‘satdan o‘chishi bo‘yicha bayonot berdi

Apple iPhone 6’ning to‘satdan o‘chishi bo‘yicha bayonot berdi

Bir necha hafta ilgari iPhone 6s hamda iPhone 6 smartfonlari foydalanuvchilari gadjetning iOS 10 operatsion tizimini yangilab olishgach, foydalanuvchilar o‘rtasida ayfonlarning to‘satdan o‘chib qolishi bilan bog‘liq muammolar ommaviy ravishda quloqqa chalina boshladi.

Hatto, quvvat darajasi 30-40% bo‘lganda ham, ushbu modeldagi ayfonlarning o‘z-o‘zidan o‘chib qolishi kuzatilgan. Shuningdek, akkumulyator quvvat foydalanuvchi ko‘z o‘ngida 2-3 soat ichida tugab qolishi bilan bog‘liq nosozlik kelib chiqqan.

Apple kompaniyasi mazkur muammo yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, iOS 10’ning navbatdagi, bir hafta ilgari e’lon qilingan yangilanishi bu nosozlikka chek qo‘yadi.

Shunday qilib, iOS 10.2.1 operatsion tizimi aksariyat iPhone 6s va iPhone 6 foydalanuvchilarga yordamga keldi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, agar mazkur yangilanish ham ish bermasa, smartfon o‘chib qolishda davom etsa, keyingi — iOS 10.3 proshivkasi ushbu nosozlikni to‘liq bartaraf qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.