Apple iPhone 7 Plus’ni ochib ko‘rishdi (Video)

Apple iPhone 7 Plus’ni ochib ko‘rishdi (Video)

Apple iPhone 7 va iPhone 7 Plus taqdimotlaridan avvalroq Vetnam texnologiya resursi Tinh te ular bilan bog‘liq bir qator ma’lumotlarni tarmoqda oshkor etgan edi. Shundan keyin mazkur resursga bo‘lgan e’tibor shiddat bilan kuchaydi.

Resurs mualliflari kuni kecha jahonda ilk marotaba iPhone 7 Plus’ni ochib ko‘rib, jarayon videosini YouTube-kanalga joylashtirishdi. Apparat o‘z o‘tmishdoshlaridan qo‘sh kamera, audio slotning yo‘qligi, yangi shakldagi antennalar bilan ajralib turadi. Shuningdek, iPhone 7 Plus’ning korpusi suv va changdan himoyalangan, Home tugmasi takomillashgan, telefondagi stereodinamiklar kuchaytirilgan.

Videoda ko‘rsatilganidek, qurilmani ochish unchalik oson emas. Displey qismi to‘liq metall korpusga mustahkam joylashgan. Apparatning asosiy qismini batareya egallaganini ko‘rish mumkin. Batareyani ostida esa  Home tugmasiga bosilganda javob qaytarishga xizmat qiladigan ikkinchi avlod Taptic Engine vibromotori joylangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!