Apple iPhone 7 taqdimotida yangi Beats naushniklarini namoyish qiladi

Apple iPhone 7 taqdimotida yangi Beats naushniklarini namoyish qiladi

Yaqinda o‘tkazilishi kutilayotgan Apple iPhone 7 va 7 Plus taqdimotida Beats by Dre brendidagi naushniklar ham namoyish etilishi mumkin. Bu haqdagi ma’lumot Kupertino kompaniyasi tomonidan bexos tarqatilgan. Xabarda yangi gadjetning texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, ammo u iPhone7’da 3,5 millimetrli slotdan voz kechilganligi bois Lightning kabellariga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

wirr-1Avgust oyining boshida turli nashrlarda Apple simsiz naushniklarni taqdim qilishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Manbalarda kompaniya bir necha yildan beri uzoq avtonom ishlash vaqtiga ega bo‘ladigan maxsus  Bluetooth chipini yaratishi ustida ish olib borayotgani ma’lum qilingandi. Bunday naushniklarni tayyorlashda Apple’ga  Passif Semiconductor startapi ko‘maklashmoqda (startap 2013 yilda Apple tomonidan sotib olingan).

Shuningdek, bundan bir necha kun avval tarmoqda iPhone 7 Plus qadog‘ining tasviri paydo bo‘lgan. O‘ramdagi yozuvga ko‘ra yangi smartfon “AirPods Wireless Earphones” nomli simsiz naushniklar bilan qadoqlanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!