Apple iPhone'da "terminal" xizmatini ishga tushiradi

Apple iPhone'da

Kupertinolik kompaniya o‘zining yangi Tap to Pay xizmatini ishga tushirmoqchiligini e’lon qildi. Bu xizmat kichik-katta biznes egalariga ortiqcha qurilmalarsiz, iPhone smartfoni bilan to‘lovlarni NFC texnologiyasi orqali kontaktsiz qabul qilish imkonini beradi. 

Dasturchilar tez orada to‘lovlarni qabul qilish uchun maxsus iOS ilovasini ishlab chiqishadi va u faqat iPhone XS yoki undan yuqori smartfonlarda ishlaydigan bo‘ladi. To‘lovlar Apple Pay, NFC-yoqilgan plastik kartalar yoki raqamli hamyonlar orqali amalga oshiriladi va barcha tranzaksiyalar shifrlanadigan bo‘ladi, shunda Apple kim qanday to‘lovni amalga oshirgani yoki qabul qilgani haqida bilmaydi.  

Tez orada amerikalik tadbirkorlar birinchi bo‘lib ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 

O‘QING: O‘z egasini rozi qilgan eng yaxshi Apple qurilmalari reytingi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!