Apple iPhone'larga USB-C portini o‘rnatishga majbur bo‘lishi mumkin

Apple iPhone'larga USB-C portini o‘rnatishga majbur bo‘lishi mumkin

Apple iPhone 14 seriyasiga ham Lightning portini o‘rnatishi kutilmoqda. Biroq kompaniya Yevropa Ittifoqining yangi qonunlari sabab keyingi yilgi iPhone va Apple qurilmlariga Lightning portini o‘rnatishdan voz kechishi mumkin. 

Elektron chiqindilarni va mijozlar uchun murakkablikni kamaytirish uchun Yevropa Ittifoqi bir necha yillardan beri USB-C plrtini portativ qurilmalar uchun standart zaryadlovchiga aylantirishni maqsad qilgan. Qonunga ko‘ra noutbuk, planshet, kamera, smartfonlar va boshqa turdagi gadjetlarning barchasi USB-C portiga ega bo‘lishi kerak. 

Ushbu qonunni qabul qilish juda uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Taklif etilayotgan qonun hujjatlarining birinchi loyihasi bir necha yillik muzokaralardan so‘ng joriy yilning yanvar oyida qabul qilingan edi. Ichki bozor va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi yuqorida aytib o‘tilgan o‘zgartirishlarni kiritdi, keyin esa may oyida Yevropa Ittifoqi a’zolari uchun milliy darajada qonunlarni amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar boshlanishidan oldin u Yevropa Parlamentida navbatdagi ovozga qo‘yildi.

Bundan tashqari, Ichki bozor va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mahsulotlarning zaryadlash imkoniyatlari va qadoqda quvvatlash adapteri bor-yo‘qligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishini xohlaydi. Shuningdek, Yevropa Komissiyasidan (Yevropa Ittifoqi hukumatining ijro etuvchi organi) 2026 yilgacha simsiz zaryadlash uchun xuddi shunday standartni taklif qilish so‘ralgan, bu esa Apple kompaniyasining MagSafe zaryadlash texnologiyalariga ta’sir etadi. 

Garchi bu Yevropada faoliyat yurituvchi barcha elektronika kompaniyalariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa-da, asosiy yuk Apple kompaniyasiga tushadi, chunki u asosan Lightning portidan foydalanadi. Apple Yevropa Ittifoqining rejalariga qiziqmaydi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, reja iqtisodiyot va innovatsiyalarga zarar yetkazadi. Lightning aksessuarlarining ulkan ekotizimi ham Apple'ning qarshiligiga sabab bo‘ladi. 

Yaxshiyamki, iPhone'lardan tashqari boshqa ko‘plab qurilmalar USB-C portiga o‘tgan. 14 va 16 dyuymli MacBook Pro noutbuklari esa USB-C Thunderbolt 4 porti orqali quvvat oladi. Ammo ular faqatgina MagSafe quvvatlagichi orqali tezkor zaryadlanishi mumkin. Garchi bu ikki portli strategiya kichikroq planshet yoki smartfonlarda ish bermasa-da, bu Apple'ga o‘zining xususiy standartini taklif qilgan holda talabni qondirishga imkon beradi. 

AirPods simsiz quloqchinlari zaryad qilish uchun ham Lightning portidan foydalaniladi. Biroq Yevropa Ittifoqining hozirgi pozitsiyasi shundan iboratki, aqlli soatlar kabi kichikroq gadjetlar uchun yangi qoidalar amal qilmaydi. Bu esa Apple'ga ba’zi mahsulotlarga yana Lightning portini o‘rnatishi uchun imkoniyat yaratib beradi. 

Hali ushbu qonunlarning kuchga kirishiga vaqt bor. Shu bilan bir vaqtda yangi iPhone 14 seriyasiga oid ko‘plab yangi ma’lumotlar sizdirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarda iPhone 14 modellari USB-C portiga ega bo‘lishi aytilgan edi. Keyinchalik esa boshqa xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, Apple hamon o‘z smartfonlariga Lightning portini o‘rnatishni davom ettiradi. 

O‘QING: Samsung Apple'ga yordam bermoqchi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!