Apple ishlab chiqarishdan olingan flagman ayfonlarini 170 dollargacha arzonlashtirib sota boshladi

  •   DiMaX
  •  1007
  •  04.02.2021 10:57

Apple ishlab chiqarishdan olingan flagman ayfonlarini 170 dollargacha arzonlashtirib sota boshladi

iPhone 12 turkumidagi smartfonlarining taqdimoti munosabati bilan Apple o‘tgan yilning oktyabrida iPhone 11 Pro hamda 11 Pro Max modellarini ishlab chiqarmay va sotmay qo‘ygan edi. Endi ular yana kompaniyaning rasmiy onlayn do‘konida sotuvga qo‘yildi, lekin...

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Bular – biror nuqsoni tufayli xaridorlardan qaytgan va Apple tomonidan qayta tiklangan (refurbished) smartfonlar bo‘lib, odatda shunaqa arzonroq narxda, lekin baribir bir yillik kafolati bilan rasman sotuvga chiqariladi. Ayni damda yuqoridagi ikki modeldan tashqari, standart iPhone 11 modeli ham qayta tiklangan holda sotilmoqda; shuningdek, bu modelning butkul yangisi ham savdodan olib tashlanmagan.

Qayta tiklangan iPhone 11 smartfoni xotira konfiguratsiyasiga qarab yap-yangisidan 100 dollardan 170 dollargacha arzon sotilyapti. Refurbished qilingan iPhone 11 Pro hamda 11 Pro Max modellaridan olganda esa 150 dan to 170 dollargacha tejash mumkin.

Ayni damda qayta tiklangan o‘n birinchi avlod ayfonlar faqat AQSh hududida savdoga chiqarilgan. Keyinchalik «xuddi yangidek» smartfonlarini Apple boshqa hududlarda ham rasman sota boshlaydi.

Ko‘pchilikni qiziqtirgan masala: xo‘sh, o‘zi qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi?Terabayt.uz’da ayni shu mavzuda bir qator xabar va maqolalar chiqarganmiz. Jumladan, ayni shu masalaga Apple sobiq xodimi aniqlik kiritgani, qayta tiklangan ayfonning originalidan farqlari, har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlash usuli haqida bilib olishingiz mumkin.

O‘QING: iPhone’lar qabristoni: eski smartfonlarni nima qilishadi (+video)?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.