Apple ishqibozlari uchun Terabayt.uz’dan eksklyuziv!

  •   DiMaX
  •  3977
  •  07.03.2017 15:59

Apple ishqibozlari uchun Terabayt.uz’dan eksklyuziv!

Saytimiz o‘quvchilari orasida salmoqli qismini aynan Apple texnikalari ixlosmandlari tashkil etadi. Shuni inobatga olib, biz mazkur ishlab chiqaruvchi mahsulotlari hamda dasturiy ta’minotlarining tavsiflari, xususiyatlari, narxlari borasidagi xabarlarni muntazam tarzda e’lon qilib kelmoqdamiz.

Bugun esa shular orasidan saralab, balki siz nazardan qochirgan bo‘lishingiz ehtimoli mavjud bo‘lgan, qayta o‘qishga ham arzigulik maqolalarni qisqacha mazmuni bilan chop etishga qaror qildik.

Eng avvalo «Olma» ishqibozlarini xursand qiluvchi xabarlar: 2016 yilning yakunida Boston Consulting nomli xalqaro konsalting agentligi tomonidan tuzilgan reytingga ko‘ra, o‘tgan yili «Apple jahonning eng innovatsion kompaniyasi nomini saqlab qoldi». Mazkur reyting 2004 yildan beri yuritilib kelayotgan bo‘lsa, 2005 yildan buyon Apple unda peshqadamlikni qo‘ldan bermayapti!

Chindan ham, mazkur kompaniya jamoasi o‘zlarining «O‘yla!» shioriga amal qilgan holda, ko‘plab innovatsion loyihalarni amalga oshirishmoqda. Masalan, «Apple xaritalarni yaxshilash uchun dronlardan foydalanadi».

Shuningdek, World Brand Lab mutaxassislari 2016 yil uchun jahonning eng obro‘li brendlari ro‘yxatini tuzishdi. Bu reytingda Apple kompaniyasi birinchi o‘rinda kelayotganligini «Apple dunyoning eng nufuzli brendi deb topildi» nomli xabarimizda to‘liq o‘qishingiz mumkin.

Sizlar uchun yana bir xushxabar – «Apple yana jahondagi eng peshqadam smartfton ishlab chiqaruvchi bo‘ldi». Gartner tadqiqot kompaniyasining o‘rganishlari natijasiga ko‘ra, ayni paytda dunyoda ishlab chiqarilayotgan smartfonlarning 17.9%i Apple kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri kelar ekan. Bungacha smartfon bozorida peshqadam bo‘lgan Samsung’ning mobil aloqa vositalari bozoridagi bu galgi ulushi 17.8%ni tashkil qilgan. 2016 yilning 4-moliyaviy choragida Apple 77 million dona iPhone sotgan bo‘lsa, Samsung 76.8 million dona smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Shunday bo‘lmasayam bo‘lmasdi-da, axir, o‘tgan yilning uchinchi choragida «Apple daromadining 90 foizini smartfonlar sotuvidan oldi»-ku! Pul ekvivalentida kompaniyaning daromadi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Ko‘pchilik muxlislarimizni Apple’ning dizayn bo‘limi qanday ishlashi qiziqtirsa kerak. Bu jarayonga esa quyidagi video orqali o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Endi esa Apple mahsulotlaridan foydalanishning ayrim jihatlari borasidagi maslahat va tavsiyalar berilgan maqolalarimizga o‘tsak. Masalan, siz «iPhone’dagi suratlarni kompyuterga ko‘chirishni bilasizmi?»

Shuningdek, Apple’ning eng xaridorgir smartfonlaridan sanalmish «iPhone 6 sohiblari uchun ayrim maslahatlar» sizga asqotib qolsa kerak.

Darvoqe, hayotda turli vaziyatlar bo‘lib turadi, jumladan, telefoningizni biror joyda unutib qoldirishingiz, tushirib yoki hatto o‘g‘irlatib qo‘yishingiz mumkin. Ammo ko‘p ham xavotir olmang – «O‘g‘irlangan smartfonni topsa bo‘ladi!». iPhone qurilmalaridagi standart Find My iPhone dasturi orqali buni amalga oshirish qiyin emas.

Mabodo Apple tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalaringiz – «iPhone, iPad yoki iPod touch’ni sotishga tayyorlaymiz», deb qolsangiz – marhamat, maslahatlarimiz xizmatingizga tayyor. Buning uchun, dastlab «iPhone, iPad yoki iPod touch’ni Apple ID’dan ajratamiz». Shuningdek, bu borada «iPhone parolini iCloud orqali o‘chirish» ham kerak bo‘lib qolishi mumkin.

Maqolamiz yakunida Apple mahsulotlarining O‘zbekiston bozorida qanday narxlarda taklif etilayotganiga ham bir nazar solsak. «Malika» savdo markazida Apple planshetlari narxlari, iPhone narxlari va Apple aqlli soatlari narxlari saytimizda (tegishli kunlardagi holatiga ko‘ra) e’lon qilib kelinayotir.

Izoh: «Malika» do‘konlaridan qurilmalarni saytimizda ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishingizga «Terabayt.Uz» sayti kafolat bermaydi. Ularni qulay narxlarda xarid qilish bo‘yicha maslahatlarni esa Telegram’dagi @ghost_stranger profili orqali bizning menejerimizdan olishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!