Apple jahondagi taniqli ilovani yirik narxga xarid qildi

Apple jahondagi taniqli ilovani yirik narxga xarid qildi

Apple Buyuk Britaniyaning Shazam Entertainment kompaniyasini xarid qilganini tasdiqladi. Mazkur kompaniyaning smartfonlarga mo‘ljallangan ilovasi mikrofon orqali audio yozib olib, uning qaysi musiqiy kompozitsiya ekanini hamda boshqa ma’lumotlarni aniqlaydi va nomini aytadi. Bu to‘g‘rida Reuters xabar tarqatmoqda.

Apple Shazam uchun qancha to‘laganini ma’lum qilmagan bo‘lsa ham, taniqli TechCrunch texnoblogi bu xarid $400 mln dollarga amalga oshirilganini yozmoqda. Amerikalik kompaniyaning fikricha, Shazam ilovasi Apple Music ekotizimi uchun ayni kerak loyiha. Bu ilova yordamida Apple Music o‘z raqibi Spotify (Apple Music 27 mln, raqibi 60 mln foydalanuvchiga ega) ustidan g‘alaba qozonishiga yordam beradi. Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda Shazam ilovasidan jahon miqyosida 150 mln nafar odam faol foydalanadi.

Shazam – musiqani taniydigan jahondagi taniqli xizmat. Uning yordamida xohlagan kontentni: audio-, videorolik, qolaversa reklama e’lonlari, gazeta va jurnallardagi bosma reklama, ko‘cha-ko‘ydagi banner suratlarini, qadoq suratlarini aniqlashtirish mumkin.

2000 yilda asos solingan Shazam faoliyati uchun sarmoyadorla $143,5 mln dollar sarf qilishgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.