Apple kompaniyasi iPhone 13 seriyasidagi smartfonlarning quvvatlanish tezligini oshirmoqchi

Apple kompaniyasi iPhone 13 seriyasidagi smartfonlarning quvvatlanish tezligini oshirmoqchi

Yaqinda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 13 seriyasidagi smartfonlarning quvvatlanish tezligi oshadi. MyDrivers bergan ma’lumotga ko‘ra, Apple yangi iPhone'larning zaryadlash tezligini 25 vattga oshiradi.

O‘QING: Apple o‘zining arzonchi iPhone'nining yangilangan versiyasini taqdim etishni rejalamoqda

iPhone 12 lineykasidagi smartfonlar maksimal 20 vattda quvvat oladi. iPhone 13 seriyasida esa bu ko‘rsatkich endi 25 vattni tashkil qiladi. Biroq to‘liq quvvatlanish uchun sarflanadigan vaqt keskin darajada qisqarmaydi.

MyDrivers'ning ta’kidlashicha, Apple 18 vattlik quvvatlagichlarni sotuvdan olib tashlaydi. 25 vattlik quvvatlagichning narxi esa hozirda 19.99 dollardan sotilyotgan 20 vattlik quvvatlagichlardan biroz qimmat bo‘ladi.

Yangi iPhone egalari 25 vattlik quvvatlagichdan foydalanishlari uchun uni alohida sotib olishlari kerak bo‘ladi. Chunki qurilmalar qutisidan quvvatlagich adapteri o‘rin olmagan.

Apple yangi iPhone'larni sentyabr oyida taqdim etishi kutilmoqda. Yangi iPhone'lar Always On Display funksiyasi, iPhone 13 Pro hamda Pro Max esa 1TB doimiy xotiraga ega bo‘ladi.

Shuningdek, yangi qurilmalarni MagSafe orqali quvvatlash tezligi ham oshadi.

O‘QING: Apple yangi iPhone 13 seriyasiga Android tizimida ommalashgan funksiyani qo‘shmoqchi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.