Apple kompaniyasi iPhone ishlab chiqarishni qisqartirmoqchi

Apple kompaniyasi iPhone ishlab chiqarishni qisqartirmoqchi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple kompaniyasi 2016 yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar iPhone`ning oxirgi modellarini ishlab chiqarishni 30% foizga qisqartiradi. Bu haqida Nikkei biznes-jurnali xabar tarqatdi.

Apple rahbariyati iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlarini yig‘uvchi zavodlarga ishni vaqtincha to‘xtatib turish haqida ogohlantirish bergan.

Mazkur modellar detallari iPhone 6 va iPhone 6 Plus`nikidan ko‘ra qimmat turadi. Foydalanuvchilarning hammasi ham bu farqni bilmaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik arzon modelni harid qilishni ma’qul ko‘radi.

Kompaniya ana shu sababli ham yig‘ilib qolgan smartfonlar sotib bo‘lingach, yangilarini ishlab chiqarishga ruxsat bermoqchi.

Ishlab chiqaruvchilar rejasi

Apple rejasida 2016 yilning aprelidan iyun oyiga qadar odatiy hajmdagi ishlab chiqarishga o‘tish belgilangan. Avvalgi modellardagi ishlab chiqarishlarda o‘zgarishlar yo‘q.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!