Apple kompaniyasi yana jarimaga tortildi

Apple kompaniyasi yana jarimaga tortildi

Sentyabr oyida Braziliya Adliya vazirligi Apple kompaniyasiga agar iPhone'lar qutisida quvvatlash adapteri bo‘lmasa, ularni sotishni to‘xtatishni buyurgan hamda 12.275 million Braziliya reali miqdorida (2.34 million dollar) jarimaga tortgan edi. 

Endi Kupertinolik kompaniya yana shunga o‘xshash sabab bilan jarimaga tortilidi. Bu safar jarimani San Paulu fuqorlik sudi tayinladi. Braziliya iste’molchilar tashkilotining da’vo qilishicha, mahsulot ishlashi uchun ikkinchi xaridni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Shuning uchun Apple kompaniyasi 100 million real (taxminan 19 million dollar) tovon to‘lashi kerak. 

Sudya Karamuru Afonso Fransiskoning gaplariga ko‘ra, Apple Braziliyada oxirgi ikki yilda iPhone 12 va iPhone 13 modellarini sotib olgan xaridorlani quvvatlagichlar bilan ta’minlashi shart. Shuningdek, kompaniya kelajakda sotiladigan qurilmalarini quvvatlagich bilan birga sotishiga to‘g‘ri keladi. Hozirda qaror yakuniy emas, uning ustidan apellyasiya berish mumkin.

Apple o‘z smartfonlarini quvvatlash adapterisiz jo‘natyotganiga ekologiyani sabab qilib ko‘rsatmoqda. Bu 2020 yildan beri kompaniya uchun an’anaga aylangan. Keyinchalik boshqa kompaniyalar ham Apple ortidan ergashishib, o‘z smartfonlarini quvvatlagichsiz sotishmoqda. Bu ayniqsa premium segmentidagi smartfonlarda kuzatilmoqda. 

O‘QING: Ekologiya bo‘yicha eng yaxshi va yomon smartfon ishlab chiqaruvchilari reytinggi e’lon qilindi