Apple kriptovalyuta mutaxassisi izlayapti!

  •   DiMaX
  •  273
  •  28.05.2021 16:32

Apple kriptovalyuta mutaxassisi izlayapti!

Kupertinolik kompaniya saytida muqobil to‘lovlarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis vakansiyasini e’lon qildi, deb yozadi UZZOOM. Nomzodlardan raqamli hamyonlar, BNPL, Fast Payments, kriptovalyutasi va boshqalar kabi muqobil to‘lov provayderlari bilan ishlash tajribasi talab qilinadi.

O‘QING: Telegram rahbariga shaxsiy assistent kerak: BAA yoki Shveysariyaga ko‘chib o‘tishga tayyormisiz?

«Biz hamkorlik va biznes modellarini shakllantirishda, amalga oshirish paradigmalarini aniqlashda, asosiy o‘yinchilarni aniqlashda va alternativ to‘lovlar bo‘yicha strategik hamkorlar bilan munosabatlarni boshqarishda sizning yordamingizga muhtojmiz. Ushbu lavozim biznesni doimiy rivojlanishi, shu jumladan hamkorlarni izlash, muzokaralar olib borish va tijorat shartnomalari tuzish, shuningdek yangi dasturlarni ishga tushirish uchun javobgar bo‘ladi»? – deb vakansiyada xabar berilgan.

Ta’kdlab o‘tish joiz, agar Apple kriptovalyuta bilan ishlashni e’lon qilsa, Kupertino gigantining bozordagi mavqeini hisobga olgan holda, bu ularning yo‘nalishiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O‘QING: Farrosh, qorovul, choy tarqatuvchi... O‘zbekistonda kimlar IT-mutaxassisdan IKKI KARRA KO‘P maosh oladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!