Apple kutilmaganda Stiv Jobs xotirasiga bag‘ishlab innovatsion devays taqdim etyapti

  •   DiMaX
  •  710
  •  22.05.2020 17:55

Apple kutilmaganda Stiv Jobs xotirasiga bag‘ishlab innovatsion devays taqdim etyapti

Kupertinolik korporatsiya Apple Glasses (yoki Apple Glass) nomli to‘ldirilgan borliq hamda aralash reallik texnologiyalariga ega ko‘zoynak tayyorlayotgani haqida anchadan beri xabarlar tarqalgan. Apple hatto soha yangiliklarini bilish uchun, garchi o‘zi ishtirok etmasa-da, CES 2019’ga o‘z mutaxassislarini «josus tarzida» jo‘natgan. O‘tgan yili bu gadjetning bekor qilingani aytilgan, lekin...

O‘QING: Apple anchadan beri tayyorlayotgan bestsellerini yopiq taqdimotda ko‘rsatdi

So‘nggi xabarlarga qaraganda, «tishlangan olmali» korporatsiya standart versiyadagi Apple Glass aqlli ko‘zoynaklarini, balki uning maxsus talqinini ham tayyorlamoqda. Bu – Apple asoschisi va sobiq rahbari Stiv Jobs xotirasiga bag‘ishlangan va u hayotligida taqqan ko‘zoynak shaklidagi devaysdir.

Mazkur ma’lumotni tarqatgan nufuzli insayder Jon Prosser (Jon Prosser) so‘zlariga ko‘ra, bu versiyaning prototipini u o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan. Standart talqindagi Apple Glass narxi 499 dollarga teng. Undan qimmatroq bo‘layotgan maxsus versiyani esa Steve Jobs Heritage Edition deb nomlashadi.

O‘QING: «Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»

Insayderga ko‘ra, Apple Glass shu yil kuzdagi tadbirdayoq – iPhone 12 smartfonlari namoyishi izidan keng ommaga ko‘rsatiladi. Ammo ko‘zoynakning to‘laqonli taqdimoti keyingi yilning mart oylarida bo‘lib o‘tadi.

Apple bilan aloqalari mavjud bo‘lgan Bloomberg nashri muharriri Mark Gurman (Mark Gurman) bu gapga ishonmasdan, Prosser ma’lumotlarini «butkul uydirma» deb atagan. Prosser esa unga popkornli hamda ko‘z qisayotgan smaylik bilan javob bergan. Demak, popkornni g‘amlab, vaziyatning borishini Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Stiv Jobsning bolalariga buyurmagan boyligi Telegram’ga tikildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!