Apple kutilmaganda yangi iPad mini va iPad Air planshetlarini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1171
  •  19.03.2019 09:50

Apple kutilmaganda yangi iPad mini va iPad Air planshetlarini taqdim etdi

Kupertinolik korporatsiya shu yil yozning boshida WWDC 2019 tadbirini o‘tkazayotgani va unda bir nechta yangi mahsulotlarini namoyish etishi haqida yozganmiz. Kecha esa u ortiqcha shov-shuvlarsiz ayrim planshetlarini yangilangan talqinda taqdim etdi.

O‘QING: Apple eng innovatsion kompaniyalar reytingida 1-dan 17-o‘ringa tushib ketdi! (+video)

Ulardan birinchisi yangi iPad mini bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi avvalgisidan farq qilmaydi, ammo texnik jihatlari zamonaviylashgan. Avvalo, unga zamonamizning eng kuchli Apple A12 Bionic protsessori o‘rnatilgan. Diagonaliga 7,9 dyuymlik ekrani 2048x1536 piksellik bo‘lib, True Tone texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bulardan tashqari, u Apple Pencil stilusini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi planshet 8 va 7 megapiksellik kameralar bilan jihozlangan.

Apple iPad mini kumushrang, qora va tillarang korpuslarda, 64 va 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega talqinlarda taqdim etilgan. Uyali aloqa modemining mavjudligiga qarab bulardan kichik xotiralisi 400 va 530 dollarga, kattasi esa 550 va 680 dollarga narxlangan. Planshetning rasmiy savdosi shu haftada boshlanadi.

O‘QING: Adashmas bashoratchi Apple bu yil chiqaradigan barcha gadjetlarni ma’lum qildi

Apple kecha yangilagan ikkinchi mahsulot – iPad Air plansheti bo‘ladi. Oddiy iPad narxi 330 dollardan boshlansa, yangi iPad Air uchun kamida 500 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi. Biroq u shunga arziydi: iPad Air ekrani 10,5 dyuymlik bo‘lib, tasvir aniqligi 2224x1668 pikselga teng. Shuningdek, u True Tone texnologiyasini va Pencil stilusini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu planshetning ham «elektron yuragi» sifatida Apple A12 Bionic tanlangan, kameralari ham yangi iPad mini’dagi kabidir. Lekin yangilangan iPad Air dizayni eskicha – ekrani «kemtik»larsiz, Home tugmachasi hamda Lightning porti saqlanib qolgan.

Yangilangan iPad Air ham doimiy xotirasining hajmiga ko‘ra 64 va 256 gigabaytlik versiyalarda chiqarilgan. 64 gigabaytligining uyali aloqa modemi bo‘lmagan varianti 500, modemlisi esa 650 dollarga baholangan bo‘lsa, 256 gigabaytligi tegishlicha 630 va 780 dollarga narxlangan.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 1 159 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli planshetlarni, shu jumladan iPad’larni ham sotib olish mumkin.

O‘QING: AnTuTu’ning yangi reytingida iPad Pro 2018’lar yetakchi (2019 yil fevral)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.