Apple kuzda taqdim qilishi kutilayotgan qurilmalar ro'yxati

Apple kuzda taqdim qilishi kutilayotgan qurilmalar ro'yxati

Apple yaqinda o'zining bu yilgi WWDC tadbirini o'tkazdi va shunisi aniqki, bu kompaniyaning joriy yildagi oxirgi tadbiri emas. Kupertinoliklar kelayotgan kuz faslida o'zlaring yana bir tadbirlarini, bo'lganda ham eng kattasini o'tkazishlari kerak. Albatta, kompaniya WWDC 2022 dagi yangi xususiyatlarga operatsion tizimlarni begonalar uchun taqdim qilmagan. Ular katta ehtimol bilan navbatdagi taqdimotda chiqarilishi kutilayotgan qurilmalar bilan kelishi kutilmoqda.

Bloomberg nashridan taniqli Apple tahlilchisi, Mark Gurmanning xabar berishicha, Apple sentabrdagi taqdimotiga to'rtta modeldagi iPhone, uchta variantdagi Apple Watch, M2 va M3 chiplari bilan bir nechta Mac qurilmalari, past va yuqori darajadagi iPad'lar, yangilangan AirPods Pro quloqchinlari, yaxshilangan Apple TV va yangi HomePod qurilmasini taqdim qilishni rejalashtirgan.

Bu yilgi iPhone kompaniyaning o'n to'rtinchi avlod mobil qurilmasi bo'lib, u to'rt xil modelda chiqarilishi allaqachon ma'lum bo'lgan edi: iPhone 14, iPhone 14 Pro, iPhone 14 Max, iPhone 14 Pro Max va ular iOS 16 bilan chiqariladi.

USB-C portiga ega iPhone hali beri chiqariladiganga o'xshamaydi, lekin sentabrda chiqarilishi kutilayotgan A14 chipiga ega pastroq darajadagi iPad ana shunday port bilan jihozlanashi aytilmoqda. Shuningdek, Apple 11 dyuymli va 12.9 dyuymli, M2 chipiga ega iPad Pro planshetlarini ham taqdim qilishi mumkin.

WWDC 2022 da taqdim qilingan M2 chipi Apple'ning yangi kompyuterlarining yadrosi hamdir. Shunday qilib, kompaniya bo'lajak tadbirda M2 va M2 Pro chipiga ega Mac mini, M2 Pro va M2 Max bilan 14 dyuym va 16 dyuymli MacBook Pro noutbuklari, M2 Ultra va M2 Extreme bilan Mac Pro kompyuterlarini chiqarishi mumkin.

Apple Watch aqlli soatlariga keladigan bo'lsak, kompaniya bu yil uch xil variantdagi soatlarni tayyorlamoqda: past darajali SE soatlari, Watch 8 seriyasi va ekstremal sport uchun kuchli tashqi himoyaga ega soat.

Garchi Apple o'zining WWDC tadbirida televizor uchun operatsion tizim haqida gapirmagan bo'lsa ham, Gurmanning aytishicha kompaniya J255 kod nomli Apple TV va B620 kod nomli HomePod qurilma ustida ishlamoqda. Shuningdek, AirPods Pro quloqchinlarining yangilangan variantining taqdim qilinishi ehtimoldan holi emas.

Mish-mishlarga ko'ra, Apple'ning kuzdagi eng katta tadbiri sentabrning 13-sanasida o'tkazilishi mumkin.

O'QING: AirPods 2 Pro yangicha funksiyalarga ega bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!