Apple M2 chipseti taqdim etildi

Apple M2 chipseti taqdim etildi

Kechagi WWDC tadbirida Apple kompaniyasi yangi M2 chipini taqdim etdi. Bu 2020 yilning noyabr oyida taqdim etilgan M1 chipining yangi avlodi hisoblanadi. 

Yangi MacBook Air va 13 dyuymli MacBook Pro noutbuklari ushbu chipda ishlaydi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, M2 chipi 5 nanometrli jarayon asosida yaratilgan va M1 bilan solishtirganda, uning 8 yadroli protsessori 18% yuqori unumdorlikni taqdim etadi. Buning sababi, chipning yadrolari tezkor va katta kesh bilan bog‘langan, shu bilan birga yadrolar samaradorlikni oshirish uchun sezilarli darajada yaxshilangan. 

Samsung Galaxy Book2 360 noutbukiga o‘tnatilgan Intel Core i7-1255U chipi bilan taqqoslansa, M2 yadrolari bir xil quvvat darajasida ikki karra yuqori unumdorlikni taqdim etadi. Shuningdek, Intel chipining eng yuqori ishlash darajasini M2 chipi quvvatning to‘rtdan birini sarflagan holda taqdim etishi mumkin. MSI Prestige 14Evo noutbukidagi 12 yadroli Intel Core i7-1260P protsessori bilan taqqoslansa esa M2 quvvatning to‘rtdan bir qismini sarflab uning 90% unumdorligini taqdim eta oladi. 

GPU yadrolari o‘zgarmagan ko‘rinadi, lekin M1'ga qaraganda yangi chipning CPU yadrolari bir oz samaraliroq, chunki 10 yadroli M2 bir xil quvvat sarfida M1'ning 8 yadroli GPU'siga qaraganda 25% yuqori unumdorlikka ega bo‘ldi. Ba’zi qo‘shimcha quvvat sarfi bilan bu ishlash deltasi 35% gacha oshadi.

Samsung Galaxy Book2 360 noutbukidagi integratsiyalangan grafika bilan taqqoslansa, M2 bir xil quvvat darajasida 2.3 baravar tezroq ishlashi va quvvatning beshdan bir qismidan foydalangan holda Intel'ning eng yuqori ishlash darajasiga mos kelishi kompaniya tomonidan ta’kidlab o‘tildi. 

16 yadroli neyron dvigateli M1 chipidan 40% tezroq ishlaydi, ya’ni u soniyasiga 15,8 trillion operatsiyani bajarishga qodir. Bu esa 50% ko‘proq xotira o‘tkazish imkoniyatini beradi.  Xotira haqida gapiradigan bo‘lsak, yangi chip 24 GB gacha bo‘lgan LPDDR5 tezkor xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. 

Chipset 20 milliarddan ortiq tranzistorga ega (bu M1'dan 25% ko‘p), 6K tashqi displeylarni, shuningdek, ProRes kodlash va dekodlash, 8K H.264 va HEVC HEVC videolarini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: iOS 16, yangi MacBook Air va VR ko‘zoynak? 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!