Apple Mac Pro rostdan ham qirg‘ich bo‘la oladimi?

Apple Mac Pro rostdan ham qirg‘ich bo‘la oladimi?

Biroz vaqt avval Apple kompaniyasi dizayni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab hazillarga sababchi bo‘lgan Mac Pro ning yangi avlod vakilini taqdim qilgan edi. Yangi qurilma WWDC 2019 ko‘rgazmasi doirasida ko‘rsatilgan. Top xususiyatlarga ega bo‘lgan Mac Pro kompyuteri ishlab chiqaruvchi tomonidan 6000 dollarga baholangan.

Ko‘pchilik kompyuter dizaynini oshxona qirg‘ichiga o‘xshatgan. Shvetsiya brendi IKEA ham bu borada o‘z hazilini namoyon qildi va olma uchun qirg‘ichni sotuvga chiqardi.

Bloger Uinston Moy esa ko‘plab hazillarni tekshirib ko‘rishga qaror qildi va Apple kompyuterini qirg‘ich sifatida ishlatib ko‘rishga qaror qildi. Blogerda yangi Mac Pro sotib olish uchun sharoit yo‘qligi tufayli, metall yordamida kompyuter yuza qismining analogini yaratdi. Shuningdek, tajriba uchun u qattiq bo‘lmagan navdagi pishloqdan foydalandi.

Test natijalaridan ko‘rish mumkinki, Mac Pro qirg‘ich vazifasini bajara olmas ekan. Bu tajriba muallifini ozgina tushkunlikka tushirdi, zero u ishlab chiqaruvchi mayda detallarga ham ahamiyat bergan deb o‘ylagan edi.

O‘QING: Apple iOS 13 operatsion tizimi taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!