Apple mart oyidayoq bitta emas, kamida ikkita mobil gadjet taqdim etadi!

  •   DiMaX
  •  762
  •  19.02.2020 10:41

Apple mart oyidayoq bitta emas, kamida ikkita mobil gadjet taqdim etadi!

Kupertinolik korporatsiya iPhone SE 2 (yoki iPhone 9) smartfonini nmoyish qiladigan va hatto savdoga chiqardigan kunlari haqida yozgandik. DigiTimes nashriga ko‘ra, Apple o‘sha tadbirda yana bitta mobil gadjetini taqdim etadi.

O‘QING: Martda chiqadigan iPhone 9 (yoki iPhone SE 2) qoyilmaqom reklama roligida!

Apple hamyonbop ayfoni bilan birga yana iPad Pro 2 planshetini ham nmoyish qiladi, demoqda insayderlar. Mazkur qurilma xususiyatlari haqida ma’lumot kam, lekin u Apple A13X protsessori (iPhone 11 turkumida qo‘llangan chipsetning yaxshilangan versiyasi) bazasida ishlashi aytilayotir. Shuningdek, bu aypad 12 dyuymlik ekran, stilus, quvvatlash va tashqi xotira qurilmalarini ulash uchun USB Type-C portiga ega.

iPad Pro modeli xuddi iPhone 11 Pro hamda 11 Pro Max smartfonlaridagi singari uch modulli kamera bilan ham jihozlanadi. Shuningdek, uni qo‘shimcha moddiy klaviatura bilan ham ta’minlashadi, natijada bu planshetni noutbuk qilib ham ishlatsa bo‘ladi.

Apple mart oyida bo‘lib o‘tadigan taqdimot tadbirida iPhone 9 hamda iPad Pro 2 modellaridan tashqari, boshqa qurilmalarini ham namoyish etishi mumkin. Jumladan, ayfonlar va boshqa gadjetlarni simsiz quvvatlash adapteri, shuningdek, AirTag nomli geo-brelok haqida anchadan beri mish-mishlar yuribdi.

O‘QING: 2020 yilning birinchi yarmidayoq Apple chiqaradigan 6 gadjet

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!