Apple'ning ustidan kulish navbati Meta'ga keldi

Apple'ning ustidan kulish navbati Meta'ga keldi

Kecha Mark Tsukerberg o'zining rasmiy Instagram sahifasida yangi WhatsApp reklamasining suratini joylashtirdi. Reklamada Apple'ning iMessage xabar almashuv xizmati "nishonga olingan" bo'lib, Mark post tavsifiga o'zining WhatsApp ilovasi undan xavfsizroq ekanligini yozgan.

"iMessage'ga qaraganda WhatsApp ancha maxfiy va xavfsizroq bo'lib, u guruhlarda ham to'liq shifrlash xususiyati bilan ham iPhone, ham Android qurilmalarida ishlaydi." deydi Mark.

 
 
 
 
 
View this post on Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Mark Zuckerberg (@zuck)

Meta tomonidan Nyu-York shahrining Pensilvaniya stansiyasida ko'rsatilgan reklama Apple'ning yashil/ko'k pufakli iMessage xizmati o'rniga "maxfiy pufakli" WhatsApp ilovasi bilan foydalanishga chaqiradi. Shuningdek, xavfsizlik va maxfiylikdan tashqari Tsukerberg o'z postida WhatsApp'ning yangi funksiyalarini: barcha suhbatlarni bitta tugma bilan yo'qotish va o'tgan yili chiqarilgan to'liq shifrlangan zaxiralash xususiyatlarini ta'kidlab, ular iMessage'da yo'qligini aytgan.

So'nggi oylarda Apple o'zining bir nechta "hamkasblari" tomonidan masxara qilib kelinmoqda. Masalan, oxirga marta Google kompaniyasi o'zining shu oy boshidagi taqdimotida Apple'ni RCS'ni o'zlashtirmaganida ayblagan bo'lsa, undan avval Motorola kompaniyasi iPhone 14 Pro smartfonlaridagi dinamik oroli ustidan kulgan edi. Bulardan avval kupertinolik kompaniyaning "eng yaqin do'sti", Samsung sentabr boshlarida o'zining buklamafonlari va Oyni yuqori sifatda suratga olish imkonini beradigan so'nggi Ultra flagman smartfoni bilan mazax qilgan edi.

O'QING: WhatsApp o‘zining yangi funksiyalarini 3D bilbordda ko‘z-ko‘z qilyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.