Apple muammoli iPhone 6S batareyalarini bepul almashtirib beradi

Apple muammoli iPhone 6S batareyalarini bepul almashtirib beradi

Bundan bir hafta muqaddam AQShning Apple kompaniyasi iPhone 6S modelidagi sensorli ekran bilan bog‘liq nosozlikni foydalanuvchilarga 149 dollar evaziga tuzatib berishini bildirgan edi. Ushbu xabardan keyin, 4PDA saytining yozishicha, Xitoyning Is’temolchilar assotsiatsiyasi Apple firmasiga iPhone 6 va iPhone 6S smartfonlaridagi o‘z-o‘zidan o‘chib qolish muammosi bilan ham murojaat qildi. “Olma” mazkur modellardagi bunday nosozlikni tan olib, iPhone 6S batareyalarini bepul almashtirib berishi haqida ma’lum qilgan.

“Biz ba’zi iPhone 6S modellarining noxos o‘chib qolishini aniqladik. Ushbu holat qurilma xavfsizligi bilan aloqador bo‘lib, faqatgina ma’lum partiyadagi smartfonlarga tegishilidir”,- deyiladi Apple bayonotida.

Ishlab chiqaruvchi batareyani bepul almashtirishdan oldin qurilmadagi boshqa mexanik nosozliklarni tuzatishni maslahat bergan. Ushbu dastur hozircha Xitoyda sotilgan iPhone 6S modellari uchun amal qilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.