Apple musulmonlar assotsiatsiyasi Falastinni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda

  •   DiMaX
  •  514
  •  22.05.2021 14:33

Apple musulmonlar assotsiatsiyasi Falastinni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda

Kupertinolik korporatsiya xodimlari kompaniya rahbari Tim Kuk nomiga yozilgan ichki xatni tarqatishmoqda. Allaqachon mingtacha kishi imzolagan maktubda Apple rahbaridan falastinliklarni qo‘llab-quvvatlab bayonot berish so‘ralgan.

O‘QING: FBR jinoyatchining ayfonini Apple yordamisiz ham ocha oldi! Lekin terrorchiniki...

Ushbu xat mualliflari – Apple musulmonlar assotsiatsiyasi korporatsiyadan «millionlab falastinliklar ayni vaqtda noqonuniy okkupatsiyadan xabr ko‘rayotgani»ni e’tirof etishni so‘rashmoqda. Falastin tomoni jangovar harakatlar boshlanganidan buyon 232 nafar falastinlik, shu jumladan 65 nafar yosh bola halok bo‘lganini ma’lum qilganidan keyinoq mazkur maktubni chiqarishgan.

Assotsiatsiya a’zolari «iqtidorga va ta’sir kuchiga ega bo‘lganlarning aksariyati Falastindagi vaziyat borasida yana yo sukut saqlayotgani, yo samarasiz neytral bayonotlar chiqarayotgani»dan o‘zlarining hafsalalari pir bo‘lganini e’lon qilishgan.

Bu haqda xabar bergan The Verge nashrining ma’lum qilishicha, tahririyatning mazkur xat haqidagi savoliga Apple hozircha javob qaytarmagan.

O‘QING: Germaniya: «Uchinchi jahon urushi kibermakonda bo‘ladi, ishtirokchilar ham ma’lum»